Саноатда рақамли технологиялар Том 1 № 1 (2023) · с. 84-90
TABIIY GAZNI NORDON KOMPONENTLARDAN TOZALASHDA SELEKTIVLIGI YUQORI BO‘LGAN AMINLI ERITMALARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
Yuldashev, T.R.
Аннотация
Nordon gazlarni tozalashda selektivligi yuqori bo‘lgan aminlarni tanlash shartlari va mezonlari ko‘rib chiqilgan. Aminli tozalashda har xil mono- va dietanolaminli eritmalar qo‘llaniladi va ular yordamida tabiiy gazning tarkibidan vodorod sulfid, merkaptanlarni va uglerod gazlari olib chiqiladi. Maqolada kislotali gazlarni aminli tozalashning samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar va texnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqliligi muhokama qilingan. Oltingugurtdan aminli tozalashda sodir bo‘ladigan asosiy jarayon bu-massaalmashinuv qurilmalarida ta’minlangan kolonnali apparatdagi (absorberda) vodorod sulfidni absorbsiyasi, merkaptanlar va uglerod ikki oksidi absorbsiyasi hisoblanadi. Tozalash jarayonlari uchun katta miqdordagi har xil turdagi yutgichlar ishlangan va ishlab chiqariladi.
selektivlikabsorbsiyadesorbsiyaaminli eritmalarnordon komponentlar
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.