Саноатда рақамли технологиялар 4-том 2-нөмір (2026) · 199-206-беттер
BINAR TO‘LDIRUVCHILAR ASOSIDA OLINGAN EPOKSID POLIMER KOMPOZIT QOPLAMALARNING TERMOFIZIK VA O‘TGA CHIDAMLILIK XOSSALARINI TADQIQ ETISH
Rahmanqulov, Aliqul Amirkulovich, Maxmanov, Ergash Binokulovich, Xaydarov, Tuymurod Zoyirovich, Ro‘ziyev, Rufat Toshboevich, Рахманкулов, Алижул Амиркулович, Махманов, Эргаш Бинокулович, Хайдаров, Туймурод Зойирович, Рузиев, Руфат Тошбоевич, Rahmankulov, Alijul Amirkulovich, Maxmanov, Ergash Binokulovich, Khaydarov, Tuymurod Zoyirovich, Ruziyev, Rufat Toshboevich
Аңдатпа
Ushbu maqolada binar to‘ldiruvchilar, mineral komponentlar va qavariqlanuvchi antipiren qo‘shimchalar asosida modifikatsiyalangan epoksid polimer kompozit qoplamalarning termo-fizik, termomexanik hamda olovbardoshlilik xossalari o’rganilgan. Tadqiqot obyekti sifatida VEP-3 markali epoksid smolasi asosidagi issiqlikdan himoyalovchi kompozit qoplama tanlangan. Materialning termik barqarorligi differensial-termogravimetrik tahlil, massa yo‘qotish kinetikasi, termomexanik deformatsiya, kislorod indeksi va tutun hosil qilish koeffitsienti orqali baholangan. Natijalarga ko‘ra, VEP-3 namunasida 283,57 °C da endotermik effekt kuzatilgan bo‘lib, 21,07–801 °C oralig‘ida umumiy massa yo‘qotilishi 48,285 % ni tashkil etgan. Antipirenlar, vermikulit, uglerod nanotubalari va qavariqlanuvchi qo‘shimchalarning optimal nisbatda qo‘llanilishi kislorod indeksini 17–19 % dan 35–38 % gacha oshirgan hamda tutun hosil bo‘lishini kamaytirgan. Olingan natijalar qavariqlanuvchi epoksid kompozit qoplamalarning issiqlik va yong‘indan himoyalovchi samarali material sifatida qo‘llanishini asoslaydi.
epoxy resinpolymer composite materialbinary fillerthermal stabilityintumescent coatingflame retardantoxygen indexthermogravimetric analysissmoke generation coefficientэпоксидная смола
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.