Саноатда рақамли технологиялар Том 4 № 2 (2026) · с. 157-165
HUDUDLARNING NEOTEKTONIK TUZILISHI VA HARAKATINI O‘RGANISHDA IERARXIK TEKTODINAMIK MODEL ASOSIDAGI METODOLOGIK YONDASHUV
Dononov, Jasur Uralo‘g‘li, Shamsidinova, Gulzoda Uralqizi, Дононов, Жасур Уралугли, Шамсидинова, Гульзода Уралкизи, Dononov, Jasur Uralugli, Shamsidinova, Gulzoda Uralkizi
Аннотация
Mazkur tadqiqot Markaziy Yevrosiyo hududida neotektonik jarayonlarning shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ishda geodinamik, geodezik va tektonofizik ma’lumotlar integratsiyasi asosida deformatsiya jarayonlari kompleks tarzda tahlil qilindi. GPS kuzatuvlari orqali yer yuzasi tezlik maydonlari aniqlanib, deformatsiya tezligi va uning gradientlari baholandi. Tadqiqotda ierarxik tektodinamik model qo‘llanilib, neotektonik jarayonlar global, regional va lokal darajalarda yagona tizim sifatida ko‘rib chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, deformatsiya faqat plitalar chegaralarida emas, balki ularning ichki hududlarida ham keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa Himolay–Tibet va Zagros zonalarida yuqori intensivlik bilan kechadi. Shuningdek, seysmik ma’lumotlar asosida zilzilaviy faollikning deformatsiya zonalari bilan bog‘liqligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari neotektonik jarayonlarni tizimli o‘rganish va geodinamik modellashtirishni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
neotectonicsdeformationGPSgeodynamicsstress fieldhierarchical modelнеотектоникадеформацияGPSгеодинамика
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.