Рақамли технологияларнинг назарий ва амалий масалалари Том 4 № 2 (2023) · с. 43-61
Sinflar xatoli ajralganda timsollarni belgilangan xatolik va ishonchlilik bilan tanuvchi belgilarni tanlash: Selection of Recognizing Features with a Given Error and Reliability in the Erronous Separation of Classes
Бекмуратов, К.А., Бекмуратов, Д.К.
Аннотация
Maqolada yuqori chekli oʻlchamli belgilar fazosida oʻquv tanlanma sinflari bir-biridan xatoli ajralganda timsollarni belgilangan xatolik va ishonchlilik bilan tanib olish masalasini yechish qaralgan. Oʻquv tanlanma har bir sinfini boshqa sinflardan xatoli ajratishda xatolik chastotasi, timsollarni tanib olishdagi xatolik ehtimoli va uning ishonchlilik qiymatlari hamda oʻquv tanlanmadagi timsollar, belgilar va sinflar soni kabi parametrlarni inobatga olib, sinfga xos belgilar fazosining yuqori chekli oʻlchamini topish uslubiyoti keltirilgan. Yuqori chekli oʻlchamli belgilar fazosini sinfga xos alohida belgilardan shakllantirish uchun har bir tanlab olinadigan alohida belgilarning minimal va haqiqiy ajratish kuchlari aniqlangan. Minimal va haqiqiy ajratish kuchlarini hisobga olgan holda birinchi, ikkinchi va uchinchi tipli alohida belgilarning har bir tipidan ularning yuqori chekli oʻlchamli fazosini shakllantirish protseduralari taklif qilingan. Taklif qilingan uslubiyot asosida algoritm va dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan. EHMda hisoblash tajribalari oʻtkazilgan hamda natijalar hal qiluvchi qoidalar koʻrinishida keltirilgan boʻlib, ulardan timsollarni tanishda foydalanilgan. Shuningdek, oʻtkazilgan izlanishlarning xulosalari keltirilgan.
sun’iy intellekttimsollarni tanuvchi tizimtimsollarni tanib olishoʻquv tanlanmanazorat tanlanmasinftimsolbelgisinfga xos alohida belgialohida belgilar fazosi
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.