Саноатда рақамли технологиялар 4-tom 3-san (2026)
KO‘KDUMALOQ KONIDA TOVAR NEFTINI REZERVUARLARDA SAQLASHDA BUG‘LANISH YO‘QOTISHLARINI KAMAYTIRISHNING TEXNIK-IQTISODIY SAMARADORLIGI
Norqulov, Shohbozbek Samandaro'g'li, Норкулов, Шохбозбек Самандаругли, Norkulov, Shokhbozbek Samandarugli
Annotaciya
Maqolada Ko‘kdumaloq neftni tayyorlash qurilmasining RVS-4000 №3 tovar rezervuarida yengil uglevodorod fraksiyalarining bug‘lanishidan yuzaga keladigan yo‘qotishlar baholangan. “Kichik nafaslar”, “katta nafaslar” va “teskari nafas chiqarish” bo‘yicha yillik yo‘qotishlar tarkibi aniqlanib, rezervuarni to‘ldirish-bo‘shatish sikllari chastotasining ta’siri tahlil qilingan. Ochiq rangli qoplama, disk-qaytargich, zichlovchi zatvorli ponton va azot yostiqchasi variantlari taqqoslangan. Texnologik va ekspluatatsion mezonlar bo‘yicha zichlovchi ponton maqbul yechim sifatida asoslangan. Neftning texnologik rezervuarda bo‘lish vaqtini 3 sutkadan 2 sutkagacha qisqartirish va 4000 m³ rezervuar o‘rniga 2000 m³ pontonli rezervuardan foydalanish bilan birga kompleks tadbirlar yiliga 121 tonna neftni saqlab qolishi, yillik iqtisodiy samara esa 56 102 AQSH dollari yoki 718,106 mln so‘mni tashkil etishi ko‘rsatilgan.
oil storage tankevaporation lossworking breathingstanding breathingfloating pontoonprocess optimizationeconomic efficiencyнефтяной резервуарпотери от испарениябольшие дыхания
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.