Саноатда рақамли технологиялар 4-том 3-нөмір (2026)
NAVBAHOR KONI BENTONIT GILINING XLORID KISLOTA YORDAMIDA MODIFIKATSIYALANISHI VA UNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARINI TADQIQ ETISH
Husenov, Abdurasul O‘ktamovich, Xadjibayev, Diyor Asadullayevich, Sabirov, Baxtiyor To‘xtayevich, Хусенов, Абдурасул Уктамович, Хаджибаев, Диёр Асадуллаевич, Сабиров, Бахтиёр Тохтаевич, Husenov, Abdurasul Uktamovich, Xadjibayev, Diyor Asadullayevich, Sabirov, Baxtiyor Toxtayevich
Аңдатпа
Maqolada Navbahor koni bentonit gilini xlorid kislota yordamida kislotali modifikatsiyalash jarayoni hamda uning fizik-kimyoviy xossalariga taʼsiri tadqiq etilgan. Bentonit namunalari 0,1 M va 1,5 M HCl eritmalari bilan faollashtirilib, ularning kimyoviy tarkibi hamda sirt morfologiyasidagi oʻzgarishlar skanerlovchi elektron mikroskop (SEM) yordamida baholangan. Tadqiqot natijalari kislotali ishlov berish natijasida almashinuvchi kalsiy, natriy va magniy ionlari miqdori sezilarli darajada kamayishini, montmorillonitning asosiy kristall tuzilishi esa saqlanib qolishini koʻrsatdi. Shuningdek, bentonit yuzasida yangi gʻovaklar hosil boʻlishi va sorbsion faollikning ortishi aniqlandi. Olingan natijalar modifikatsiyalangan bentonitlarni adsorbent va sorbent material sifatida qoʻllash istiqbollari yuqori ekanligini tasdiqlaydi.
bentonite clayNavbahor deposithydrochloric acidacid activationmodificationmontmorillonitesorptionSEMphysicochemical propertiesadsorbent
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.