Саноатда рақамли технологиялар 4-том 3-нөмір (2026)
KO‘P O‘ZGARUVCHILI KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR VA ULARNING TAHLILI
Mustafoyev, Azamat Botiro'g'li, Мустафоев, Азамат Ботиругли, Mustafoyev, Azamat Botirugli
Аңдатпа
Ushbu maqolada postkvant kriptografiyaning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri hisoblangan ko‘p o‘zgaruvchili kriptografik tizimlarning nazariy asoslari, tuzilishi va xavfsizlik xususiyatlari tahlil qilingan. Ko‘p o‘zgaruvchili kvadratik tenglamalar tizimlariga asoslangan MQ (Multivariate Quadratic) va IP (Isomorphism of Polynomials) masalalarining hisoblash murakkabligi hamda ularning kriptografik tizimlar barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, UOV (Unbalanced Oil and Vinegar) va Rainbow raqamli imzo sxemalarining tuzilishi, ishlash tamoyillari, afzalliklari va xavfsizlik jihatlari yoritilgan. Ko‘p o‘zgaruvchili kriptografik sxemalarga nisbatan qo‘llaniladigan asosiy kriptotahlil usullari va ehtimoliy hujumlar tahlil qilinib, ularning postkvant axborot xavfsizligi tizimlarida qo‘llash imkoniyatlari baholangan.
multivariate cryptographypost-quantum cryptographyMQ problemIP problemUOVRainbowdigital signaturepolynomial mappingfinite fieldмноговариантная криптография
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.