Саноатда рақамли технологиялар 4-том 3-нөмір (2026)
TOSHKENT SHAHRINING SEYSMIK JADALLIGINING CHUQURLIK BO‘YICHA O‘ZGARISHINI BAHOLASH
Islamova, Nilufar Fayzullayevna, Исламова, Нилуфар Файзуллаевна, Islamova, Nilufar Fayzullayevna
Аңдатпа
Maqolada Toshkent shahri hududi bo‘ylab muhandis-geologik tadqiqotlar, seysmik tadqiqotlarda MASW usuli profillari hamda instrumental-seysmometrik tadqiqotlarda mikroseysmik tebranishlarning spektral nisbatini aniqlash uchun qo‘llanilgan HVSR usuli natijalari asosida hisoblashlar uchun umumlashtirilgan seysmogeologik modellar ishlab chiqilgani bayon etilgan. Mazkur ma’lumotlar grunt qatlamlarining geologik tuzilishi, fizik-mexanik va dinamik xususiyatlarini kompleks baholash asosida tadqiqot hududi bo‘yicha turli chuqurliklarda seysmogeologik grunt modellarini shakllantirish imkonini berdi. Natijada yer osti makonini o‘zlashtirishda xalqaro standartlarga mos ravishda grunt qatlamlarining seysmik reaksiyasi modellashtirildi hamda yer osti muhitining turli hisobiy chuqurliklarida hosil bo‘ladigan maksimal grunt tezlanishi (PGA) qiymatlari asosida mahalliy mutaxassislar uchun seysmik ta’sir va seysmik jadallik (ball) xaritalari ishlab chiqildi.
engineering-geological conditionsseismic impactmaximum ground acceleration (PGA)seismic intensityseismic wavessoil layerинженерно-геологические условиясейсмическое воздействиемаксимальное ускорение грунта (PGA)сейсмическая интенсивность
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.