Саноатда рақамли технологиялар Том 4 № 3 (2026)
RADAR INTERFEROMETRIYASI (INSAR) TEXNOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI VA YER YUZASI DEFORMATSIYALARINI MONITORING QILISH IMKONIYATLARI
Botirov, Shoxbos Soibjono'g'li, Nomdorov, Rustam Uralovich, Ботиров, Шохбос Соибжонугли, Номдоров, Рустам Уралович, Botirov, Shoxbos Soibjonugli, Nomdorov, Rustam Uralovich
Аннотация
Mazkur maqolada radar interferometriyasi (InSAR) texnologiyasining nazariy asoslari, sintezlangan aperturali radar (SAR) tizimlarining ishlash prinsipi hamda yer yuzasi deformatsiyalarini masofadan monitoring qilish imkoniyatlari yoritilgan. Radiolokatsion signallarning amplituda va faza xususiyatlari asosida interferometrik tahlilni amalga oshirish, deformatsiyalarni millimetr aniqlikda baholash va geodinamik jarayonlarni kuzatish usullari bayon etilgan. Shuningdek, elektromagnit to‘lqinlarning X, C va L diapazonlari, ularning fizik xususiyatlari hamda monitoring aniqligiga ta’siri tahlil qilingan. D-InSAR usulining konchilik hududlari, seysmik faol zonalar va boshqa murakkab geologik sharoitlarda qo‘llanish afzalliklari ko‘rsatib berilgan. Maqolada interferometrik kuzatuvlarning ishonchliligini ta’minlovchi asosiy omillar, jumladan, kogerentlik, raqamli balandlik modeli, takroriy suratga olish davriyligi va radar ma’lumotlarini qayta ishlash talablari yoritilgan. Olingan ilmiy xulosalar InSAR texnologiyasining marksheyderlik, geodeziya, geologiya hamda konchilik amaliyotida deformatsiyalarni erta aniqlash, xavfli hududlarni baholash va monitoring samaradorligini oshirishdagi muhim ahamiyatini asoslaydi. Tadqiqot natijalari zamonaviy masofadan zondlash texnologiyalarini rivojlantirish, geotexnik xavflarni kamaytirish va hududlar barqarorligini ta’minlash uchun nazariy hamda amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
interferometric synthetic aperture radar (InSAR)synthetic aperture radar (SAR)D-InSARSBAS-InSARremote sensingground surface deformationgeomechanical monitoringgeodynamic processesC-bandradar imagery
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.