Саноатда рақамли технологиялар Volume 4 Issue 3 (2026)

MARJONBULOQ KONI RUDASIDAN OLTINNI JINCHAN REAGENTI YORDAMIDA TANLAB ERITISHNING TEXNOLOGIK SAMARADORLIGINI NATRIY SIANIDI BILAN QIYOSIY BAHOLASH

Rahmonova, Umida Toshpo‘latovna, Xasanov, Abdurashid Soliyevich, Saidaxmedov, Aktam Abdisamiyevich, Рахмонова, Умида Тошполатовна, Хасанов, Абдурашид Солиевич, Саидахмедов, Актам Абдисамиевич, Rahmonova, Umida Toshpo‘latovna, Xasanov, Abdurashid Soliyevich, Saidaxmedov, Aktam Abdisamiyevich

Read at source PDF

Abstract

“Jinchan” ekologik xavfsiz reagentlari yordamida oltinni tanlab eritmaga o‘tkazish jarayonini o‘rganish maqsadida Marjonbuloq oltin tarkibli ruda konidan olingan namunalarda tajriba-tadqiqot ishlari olib borildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, ruda -0,074 mm zarracha o‘lchamigacha 90% dan ortiq darajada yanchilganda, bo‘tanadagi qattiq zarralar miqdori 40%, oxak sarfi 3 kg/t, ishqoriy muhitda dastlabki ishlov berish vaqti 2 soat, “Jinchan” reagenti sarfi 350 g/t va tanlab eritish davomiyligi 16 soat bo‘lgan optimal texnologik sharoitlarda oltinni tanlab eritmaga o‘tkazish darajasi 95,2% ga yetdi. Olingan natijalar “Jinchan” reagenti oltinni yuqori samaradorlik bilan tanlab eritmaga o‘tkazish imkoniyatiga ega ekanligini hamda uni an’anaviy sianidli texnologiyalarga ekologik xavfsiz muqobil reagent sifatida qo‘llash istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, an’anaviy sianlash texnologiyasi bilan taqqoslaganda, ekologik xavfsiz «Jinchan» reagenti yordamida oltinni tanlab eritish davomiyligi 4 soatga qisqardi, bu esa texnologik jarayonning unumdorligi va iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada oshirdi. Tanlab eritishdan keyin hosil bo‘lgan chiqindilarning ekologik xavfsizligi ham baholandi. Tahlillar natijasida chiqindilar tarkibidagi erkin sianid, qo‘rg‘oshin, rux va mыshyak miqdorlari amaldagi davlat ekologik standartlarida belgilangan ruxsat etilgan me’yorlardan past ekanligi aniqlandi. Shu sababli, mazkur chiqindilar qo‘shimcha detoksikatsiya jarayonisiz ekologik talablarga muvofiq joylashtirilishi mumkin. Qiyosiy iqtisodiy tahlil natijalari «Jinchan» reagentini qo‘llash ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirishini ko‘rsatdi.

Jinchan reagentsodium cyanidegoldleachinghydrometallurgyMarjanbulak depositkineticsenvironmentally safe reagentgold extractionreagent concentration

Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.

Cite

APA 7
Rahmonova, Umida Toshpo‘latovna, Xasanov, Abdurashid Soliyevich, Saidaxmedov, Aktam Abdisamiyevich, Рахмонова, Умида Тошполатовна, Хасанов, Абдурашид Солиевич, Саидахмедов, Актам Абдисамиевич, Rahmonova, Umida Toshpo‘latovna, Xasanov, Abdurashid Soliyevich & Saidaxmedov, Aktam Abdisamiyevich (2026). MARJONBULOQ KONI RUDASIDAN OLTINNI JINCHAN REAGENTI YORDAMIDA TANLAB ERITISHNING TEXNOLOGIK SAMARADORLIGINI NATRIY SIANIDI BILAN QIYOSIY BAHOLASH. Саноатда рақамли технологиялар, 4(3).
GOST R 7.0.5
Rahmonova, Umida Toshpo‘latovna, Xasanov, Abdurashid Soliyevich, Saidaxmedov, Aktam Abdisamiyevich, Рахмонова, Умида Тошполатовна, Хасанов, Абдурашид Солиевич, Саидахмедов, Актам Абдисамиевич, Rahmonova, Umida Toshpo‘latovna, Xasanov, Abdurashid Soliyevich, Saidaxmedov, Aktam Abdisamiyevich MARJONBULOQ KONI RUDASIDAN OLTINNI JINCHAN REAGENTI YORDAMIDA TANLAB ERITISHNING TEXNOLOGIK SAMARADORLIGINI NATRIY SIANIDI BILAN QIYOSIY BAHOLASH // Саноатда рақамли технологиялар. 2026. Т. 4. № 3.
BibTeX
@article{toshpo‘latovna2026,
  author  = {Rahmonova, Umida Toshpo‘latovna and Xasanov, Abdurashid Soliyevich and Saidaxmedov, Aktam Abdisamiyevich and Рахмонова, Умида Тошполатовна and Хасанов, Абдурашид Солиевич and Саидахмедов, Актам Абдисамиевич and Rahmonova, Umida Toshpo‘latovna and Xasanov, Abdurashid Soliyevich and Saidaxmedov, Aktam Abdisamiyevich},
  title   = {MARJONBULOQ KONI RUDASIDAN OLTINNI JINCHAN REAGENTI YORDAMIDA TANLAB ERITISHNING TEXNOLOGIK SAMARADORLIGINI NATRIY SIANIDI BILAN QIYOSIY BAHOLASH},
  journal = {Саноатда рақамли технологиялар},
  year    = {2026},
  volume  = {4},
  number  = {3}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Rahmonova, Umida Toshpo‘latovna
AU  - Xasanov, Abdurashid Soliyevich
AU  - Saidaxmedov, Aktam Abdisamiyevich
AU  - Рахмонова, Умида Тошполатовна
AU  - Хасанов, Абдурашид Солиевич
AU  - Саидахмедов, Актам Абдисамиевич
AU  - Rahmonova, Umida Toshpo‘latovna
AU  - Xasanov, Abdurashid Soliyevich
AU  - Saidaxmedov, Aktam Abdisamiyevich
TI  - MARJONBULOQ KONI RUDASIDAN OLTINNI JINCHAN REAGENTI YORDAMIDA TANLAB ERITISHNING TEXNOLOGIK SAMARADORLIGINI NATRIY SIANIDI BILAN QIYOSIY BAHOLASH
JO  - Саноатда рақамли технологиялар
PY  - 2026
VL  - 4
IS  - 3
ER  -