Agrobiznes, fan va texnologiyalar Volume 4 Issue 6 (2026)
Sholi yetishtirishda foydalaniladigan suv manbalarining nitrat, ammoniy, fosfat va kaliy miqdori bo‘yicha tavsifi
Бобокулов, Муродали, Абдуллаев, Анвар, Алиев, Зафар, Саимназаров, Ёлдош, Халилов, Илхом, Хожамкулова, Юлдузой, Орифжонова, Умидахон, Boboqulov, Murodali, Abdullayev, Anvar, Aliyev, Zafar, Saimnazarov, Yo‘ldosh, Xalilov, Ilxom, Xojamkulova, Yulduzoy, Orifjonova, Umidaxon, Boboqulov, Murodali, Abdullayev, Anvar, Aliyev, Zafar, Saimnazarov, Yo‘ldosh, Xalilov, Ilkhom, Khojamkulova, Yulduzoy, Orifjonova, Umidaxon
Abstract
Ushbu tadqiqotda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida sholichilikda foydalaniladigan turli suv manbalarining agrokimyoviy tarkibi baholandi. Tadqiqot obyekti sifatida ariq suvi, dala suvi, laboratoriya ichimlik suvi va deionizatsiyalangan suv namunalari tanlandi. Suv namunalarida nitrat (NO₃⁻), ammoniy azoti (NH₄⁺-N), fosfat (PO₄³⁻) va kaliy (K⁺) miqdori VANSFUL Water Quality Rapid Detection Box tezkor kolorimetrik test to‘plami yordamida aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ariq va dala suvlarida fosfat hamda kaliy miqdori boshqa suv namunalariga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Nitratning eng yuqori konsentratsiyasi ichimlik suvida, ammoniy azoti esa ariq va dala suvlarida qayd etildi. Olingan natijalar sug‘orish suvlari tarkibida sholi oziqlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan makroelementlar mavjudligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari sug‘orish suvlari sifatini monitoring qilish hamda sholichilikda oziqlanish tizimini takomillashtirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
sholisug‘orish suvinitratammoniy azotifosfatkaliysuv sifatiagrokimyoviy tahlilmakroelementlarrice
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.