Agrobiznes, fan va texnologiyalar 4-том 8-нөмір (2026)
Arman bodringi Ajur navini turli ekish sxemalarida yetishtirishning hosildorlik va tovarbop mahsulot ko'rsatkichlariga ta'siri
Ибрагимова, Насиба Козимжановна, Арипова, Шахноза Рахмановна, Дусмуратова, Саодат Исмаиловна, Ibragimova, Nasiba Kozimjanovna, Aripova, Shaxnoza Rahmanovna, Dusmuratova, Saodat Ismailovna, Ibragimova, Nasiba Kozimjanovna, Aripova, Shakhnoza Rakhmanovna, Dusmuratova, Saodat Ismailovna
Аңдатпа
Tadqiqotlar 2023-2024 yillarda O'zbekiston Respublikasining markaziy tuproq-iqlim sharoitida arman bodringi Ajur navining hosildorligi va tovarbop mahsulot ko'rsatkichlariga turli ekish sxemalarining ta'sirini aniqlash maqsadida olib borildi. Tajribada (140+70)/2×30, (140+70)/2×40, (140+70)/2×50 va (140+70)/2×60 sm ekish sxemalari o'rganildi. Nazorat sifatida (140+70)/2×40 sm sxema qabul qilindi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, ekish sxemasining kengayishi bir tupdagi meva soni va hosil miqdorining ortishiga olib keldi. Ikki yillik o'rtacha natijalarda eng yuqori hosildorlik (140+70)/2×50 sm sxemasida 39,0 t/ga ni tashkil etib, nazoratga nisbatan 2,4 t/ga yoki 6,6 % yuqori bo'ldi. Ushbu variantda tovarbop hosil 36,1 t/ga va uning umumiy hosildagi ulushi 92,6 % ni tashkil etdi. Natijalar arman bodringi Ajur navini yetishtirishda (140+70)/2×50 sm ekish sxemasidan foydalanish yuqori va sifatli tovarbop mahsulot olish uchun maqbul ekanligini ko'rsatdi.
armenian cucumberAzhur cultivarplanting schemefeeding areayieldmarketable yieldnumber of fruitsyield per plantplant densityармянский огурец
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.