Agrobiznes, fan va texnologiyalar 4-tom 8-san (2026)
Arman bodringi ekinini istiqbolli navidan yuqori hosil olishda qulay ekish sxemasini aniqlashda fenologik va biometrik ko'rsatkichlarga ta'siri
Ибрагимова, Насиба Козимжановна, Арипова, Шахноза Рахмановна, Дусмуратова, Саодат Исмаиловна, Ibragimova, Nasiba Kozimjanovna, Aripova, Shaxnoza Rahmanovna, Dusmuratova, Saodat Ismailovna, Ibragimova, Nasiba Kozimjanovna, Aripova, Shakhnoza Rakhmanovna, Dusmuratova, Saodat Ismailovna
Annotaciya
Maqolada 2023-2024 yillarda O'zbekiston Respublikasining markaziy tuproq-iqlim sharoitida arman bodringi Ajur navining o'sishi va rivojlanishiga turli ekish sxemalarining ta'siri o'rganildi. Tadqiqotda (140+70)/2×30, (140+70)/2×40, (140+70)/2×50 va (140+70)/2×60 sm ekish sxemalari taqqoslandi. Fenologik kuzatishlar, o'simliklarning asosiy biometrik ko'rsatkichlari hamda mevalarning uzunligi, diametri va vazni aniqlandi. Eng maqbul natijalar oziqlanish maydoni kengaytirilgan (140+70)/2×60 sm ekish sxemasida qayd etildi. Ushbu variantda asosiy fenologik bosqichlar nazoratga nisbatan 3-5 kunga erta kechishi, yon shoxlar soni 8,3 dona, barglar soni 98,0 dona, asosiy va yon shoxlarning umumiy uzunligi 493,0 sm bo'lishi aniqlandi. Meva uzunligi 21,5 sm, diametri 4,1 sm va bir dona meva vazni 224 g ni tashkil etib, nazorat variantiga nisbatan mos ravishda 21,5; 24,2 va 20,4% yuqori bo'ldi. Natijalar Ajur navi uchun (140+70)/2×60 sm ekish sxemasi o'simliklarning vegetativ va generativ rivojlanishi hamda meva sifat ko'rsatkichlarini yaxshilashda samarali ekanligini ko'rsatdi.
Armenian cucumberAzhur cultivarplanting schemefeeding areaphenologybiometric characteristicsfruit lengthfruit diameterfruit weightармянский огурец
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.