Agrobiznes, fan va texnologiyalar 4-tom 8-san (2026)
Surxondaryo viloyati sharoitida anor (Punica granatum L.) navlarining hosildorligi hamda mevasining sifat ko'rsatkichlari
Очилдиев, Жахонгир Менгдобилович, Ochildiyev, Jahongir Mengdobilovich, Ochildiyev, Jahongir Mengdobilovich
Annotaciya
Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatining quruq subtropik iqlim sharoitida 2015-yilda 4x3 m ekish sxemasida barpo etilgan anorzorda introduksiya qilingan hamda mahalliy anor navlarining 2020-2022-yillardagi hosildorlik ko'rsatkichlari va meva sifati o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, mahalliy nazorat «Qozoqi anor» naviga nisbatan tup boshiga olingan hosil hamda gektar hisobidagi mahsuldorlik bo'yicha «Zubayda-667» (22,9 kg/tup; 190,8 s/ga), «Gyulashe» (22,8 kg/tup; 190,2 s/ga) va «Kirmizi kabux» (22,0 kg/tup; 183,5 s/ga) navlarida eng yuqori natijalar qayd etildi. Meva sifat parametrlari tahlilida meva sharbati tarkibidagi eruvchan quruq moddalar miqdori (qanddorlik) bo'yicha «Zubayda-667» navi 18,5 °Bx natija bilan eng yuqori ko'rsatkichni namoyon qildi.
pomegranatevarietyintroductionyieldfruit qualitysoluble solidsrefractometerBrixZubayda-667Gyulashe
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.