Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report 4-том 1-нөмір (2024) · 61-79-беттер

TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV: HUQUQNI QOʻLLASH MUAMMOLARI

Ataniyazov, Jasurbek, Ataniyazov, Jasurbek, Атаниязов, Жасурбек

Дереккөзден оқу PDF

Аңдатпа

Ushbu maqolada mamlakatimiz jinoyat-protsessual qonunchiligida sudga qadar ish yurituvining alohida bosqichi hisoblangan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda vujudga kelayotgan huquqiy muammolar muhokama qilingan. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv bosqichining vazifalaridan biri – jinoyat haqidagi ariza va xabarlarda jinoyat faktining mavjudligi yoki mavjud emasligini tasdiqlashda ayrim tergov harakatlarini oʻtkazish zarurati ochib berilgan. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 329-moddasida nazarda tutilgan roʻyxat asosida keltirilgan tergov harakatlari yetarli emasligi, boz ustiga ushbu moddada keltirilgan tergov va protsessual harakatlardan boshqa tergov harakatlari oʻtkazilishi qatʼiyan man etilishi borasidagi keskin qoida huquqni qoʻllash amaliyotida koʻplab muammolarni keltirib chiqarayotgani asoslab berilgan. Tergovga qadar tekshiruv davomida oʻtkazilishi zarur boʻlgan tergov harakatlari sirasiga kiruvchi yuzlashtirish, murdani eksgumatsiya qilish, qiyosiy tekshirish uchun namunalar olish va boshqa bir qancha tergov harakatlari sudning ruxsati bilan amalga oshirishi lozimligi tadqiq etilgan. Tadqiqotda analiz, sintez, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy tahlil kabi metodlar qoʻllangan. Shuningdek, ilgʻor xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar va tergov hamda sud amaliyoti oʻrganilgan, buning natijasi oʻlaroq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi va boshqa qonun hamda qonunosti hujjatlariga tegishli oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar, tavsiyalar ishlab chiqilgan.

pre-investigation check, pre-trial proceedings, confrontation, exhumation, obtaining samples for expert examination, court permission, petition, re-claim, the fact of a crimeдоследственная проверка, досудебное производство, очная ставка, эксгумация, получение образцов для экспертного исследования, разрешение суда, ходатайство, повторный иск, факт преступленияtergovga qadar tekshiruv, sudga qadar ish yurituvi, yuzlashtirish, eksgumatsiya, qiyosiy tekshirish uchun namunalar olish, sudning ruxsati, ariza, qayta daʼvo, jinoyat fakti

Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.

Дәйексөз алу

APA 7
Ataniyazov, Jasurbek, Ataniyazov, Jasurbek & Атаниязов, Жасурбек (2024). TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV: HUQUQNI QOʻLLASH MUAMMOLARI. Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report, 4(1), 61-79.
GOST R 7.0.5
Ataniyazov, Jasurbek, Ataniyazov, Jasurbek, Атаниязов, Жасурбек TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV: HUQUQNI QOʻLLASH MUAMMOLARI // Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report. 2024. Т. 4. № 1. С. 61-79.
BibTeX
@article{jasurbek2024,
  author  = {Ataniyazov, Jasurbek and Ataniyazov, Jasurbek and Атаниязов, Жасурбек},
  title   = {TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV: HUQUQNI QOʻLLASH MUAMMOLARI},
  journal = {Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report},
  year    = {2024},
  volume  = {4},
  number  = {1},
  pages   = {61-79}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Ataniyazov, Jasurbek
AU  - Ataniyazov, Jasurbek
AU  - Атаниязов, Жасурбек
TI  - TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV: HUQUQNI QOʻLLASH MUAMMOLARI
JO  - Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report
PY  - 2024
VL  - 4
IS  - 1
SP  - 61
EP  - 79
ER  -