Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report Ҷилди 4 № 2 (2024) · Саҳифаҳои 46-56
KORRUPSIYAGA OID HUQUQBUZARLIKLAR HAQIDA XABAR BERGAN SHAXSLARGA HIMOYA ORDERINI TAQDIM ETISH MASALALARI
Majidov, Shahzod, Majidov, Shаkhzod, Мажидов, Шахзод
Аннотатсия
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF–200-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023–2024-yillarga moʻljallangan davlat dasturining 3-bandida korrupsiyaga oid xabarlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar doirasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan tegishli himoya chorasi sifatida “Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar qiluvchi shaxslarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida belgilashga bagʻishlangan. Ushbu maqolada mazkur himoya chorasi yuzasidan Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqa davlatlar qonunchiligi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ushbu himoya chorasi yuzasidan xorijiy davlatlar qonunchiligidan kelib chiqib, ishlab chiqilayotgan qonun loyihasida xabar bergan shaxslarga himoya orderini berish bilan bogʻliq himoya chorasini ishlab chiqish yuzasidan asosli takliflar berilgan. Shuningdek, xabar berish instituti va xabar bergan shaxs tushunchasi yuzasidan ilmiy-nazariy tahlil o‘tkazilib, mazkur tushunchaga boʻyicha mualliflik taʼrifi ishlab chiqilgan.
persecution, pressure, violence, employee, protection order, reporting person, anti-corruptionпреследование, притеснение, насилие, сотрудник, охранный ордер, лицо, сообщающее лицо, борьба с коррупциейtaʼqib, tazyiq, zoʻravonlik, xodim, himoya orderi, xabar bergan shaxs, korrupsiyaga qarshi kurashish
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.