Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report Volume 5 Issue 2 (2025) · pp. 22-31

QO‘SHIMCHA JAZO TUSHUNCHASI VA IJTIMOIY MAZMUNI

Ametova, Nurjamal, Ametova, Nurjamal, Аметова, Нуржамал

Read at source PDF

Abstract

Mamlakatimiz jinoyat qonunchiligida jazolar an’anaviy tarzda asosiy va qo‘shimcha jazolarga ajratiladi. Bunday tasnif aksariyat xorijiy davlatlarning jinoyat qonunchiligida ham mavjud bo‘lib, u jinoyat-huquqiy siyosatni takomillashtirish va jazoni individuallashtirishga xizmat qiladi. Jazolarni bunday farqlash natijasida qo‘shimcha jazolarning mohiyati, maqsadi, vazifalari hamda ularning ijtimoiy-huquqiy ahamiyati haqida ilmiy-nazariy muhokamalar olib borish zarurati yuzaga keladi. Qo‘shimcha jazolarning mohiyati va yuridik tabiati bilan bog‘liq muammolar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida jazo tushunchasiga berilgan umumiy ta’rif, ya’ni uning asosiy va qo‘shimcha turlariga aniq ajratilmagani sababli yuzaga keladi. Jazoning maqsadi, uni tayinlash tartibi va qo‘llash jarayonida ham shunga o‘xshash holat kuzatiladi. Qo‘shimcha jazo turlarining o‘ziga xos xususiyatlari ushbu jazolarni tayinlash shartlari, ularning mazmuni, qo‘llanish tartibi, jazoni o‘tashdan ozod qilish masalalari, sudlanganlik holati, amnistiya va afv jarayonlari doirasida namoyon bo‘ladi. Jazo choralarining normativ-huquqiy asoslari qonun chiqaruvchi tomonidan belgilangan bo‘lib, ularning muayyan ro‘yxati jinoiy-huquqiy xarakterdagi asosiy jazo turi sifatida qaralishi mumkin. Shu bilan birga, har qanday asosiy jazo chorasining jinoyat sodir etilishining o‘ziga xos holatlariga nisbatan qo‘llanishi natijasida uning barcha maqsadlariga to‘liq erishish imkoniyati doim ham kafolatlanmagan. Mazkur maqolada yuqoridagi holatlardan kelib chiqqan holda qo‘shimcha jazo tushunchasiga atroflicha to‘xtalib o‘tilib, mavzu yuzasidan muallifning xulosa va takliflari bayon etilgan. 

criminal legislation, punishments, principal punishment, additional punishment, mandatory and discretionary nature, grounds for imposition, purpose of punishmentуголовное законодательство, наказания, основное наказание, дополнительное наказание, обязательность и факультативность, основания назначения, цель наказанияjinoyat qonunchiligi, jazolar, asosiy jazo, qo‘shimcha jazo, majburiylik va ixtiyoriylik, tayinlash asoslari, jazo maqsadi

Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.

Cite

APA 7
Ametova, Nurjamal, Ametova, Nurjamal & Аметова, Нуржамал (2025). QO‘SHIMCHA JAZO TUSHUNCHASI  VA IJTIMOIY MAZMUNI. Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report, 5(2), 22-31.
GOST R 7.0.5
Ametova, Nurjamal, Ametova, Nurjamal, Аметова, Нуржамал QO‘SHIMCHA JAZO TUSHUNCHASI  VA IJTIMOIY MAZMUNI // Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report. 2025. Т. 5. № 2. С. 22-31.
BibTeX
@article{nurjamal2025,
  author  = {Ametova, Nurjamal and Ametova, Nurjamal and Аметова, Нуржамал},
  title   = {QO‘SHIMCHA JAZO TUSHUNCHASI  VA IJTIMOIY MAZMUNI},
  journal = {Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report},
  year    = {2025},
  volume  = {5},
  number  = {2},
  pages   = {22-31}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Ametova, Nurjamal
AU  - Ametova, Nurjamal
AU  - Аметова, Нуржамал
TI  - QO‘SHIMCHA JAZO TUSHUNCHASI  VA IJTIMOIY MAZMUNI
JO  - Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report
PY  - 2025
VL  - 5
IS  - 2
SP  - 22
EP  - 31
ER  -