Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report 4-jild 3-son (2024) · 8-19-betlar

AYOLNI OʻZ HOMILASINI SUNʼIY RAVISHDA TUSHIRISHGA MAJBURLASHNING OBYEKTIV BELGILARI

Xaydarov, Shuxratjon, Khaydarov, Shukhratjon, Хайдаров, Шухратжон

Manbada oʻqish PDF

Annotatsiya

Mazkur maqolada ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash jinoyati tushunchasi, oʻziga xos xususiyatlari hamda jinoyatning obyektiv belgilari bayon etilgan. Shuningdek, ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash jinoyatining obyektiv belgilari jinoyat huquqi mutaxassislari fikrlari asosida tahlil qilingan. Muallif ushbu olimlar fikrlariga ilmiy yondashib, oʻz fikrlarini ilmiy tahlil qilish asosida yoritgan. Bundan tashqari, maqolada ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash uchun javobgarlik belgilangan JK 115-moddasining ayrim boshqa oʻxshash jinoyatlar bilan bogʻliq jihatlariga ham toʻxtalib oʻtilgan. Ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash jinoyatidagi “majburlash” atamasi deganda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 8 ta jinoyat tarkibidagi jinoyat obyektiv tomonining sodir etish usuli sifatida majburlash nazarda tutilganligi tahlil qilingan. Shuningdek, ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash jinoyatlari Ispaniya, Marokash, Polsha, Latviya, Litva, Turkiya, Belgiya va boshqa xorijiy davlatlar qonunchiligi asosida qiyosiy o‘rganilgan. Maqolada ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash jinoyatining 2014–2022-yillardagi statistikasi, shuningdek, tadqiqot ishi yuzasidan oʻrganilgan hukmlar ilmiy asosda tahlil qilib berilgan. Muallif ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash jinoyati uchun javobgarlik nazarda tutilgan qonunchilik normalarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslantirilgan xulosa va takliflarini bergan.

crime, liability, fetus, coercion, health, injury, qualification, life, victim, mental, physical, artificial, legal, coercionпреступление, ответственность, плод, понуждение, здоровье, травма, квалификация, жизнь, потерпевшая, психическое, физическое, искусственное, юридическое, насилиеjinoyat, javobgarlik, homila, majburlash, sogʻliq, shikast, kvalifikatsiya, hayot, jabrlanuvchi, ruhiy, jismoniy, sunʼiy, qonuniy, zoʻrlik

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Xaydarov, Shuxratjon, Khaydarov, Shukhratjon & Хайдаров, Шухратжон (2024). AYOLNI OʻZ HOMILASINI SUNʼIY  RAVISHDA TUSHIRISHGA MAJBURLASHNING OBYEKTIV BELGILARI. Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report, 4(3), 8-19.
GOST R 7.0.5
Xaydarov, Shuxratjon, Khaydarov, Shukhratjon, Хайдаров, Шухратжон AYOLNI OʻZ HOMILASINI SUNʼIY  RAVISHDA TUSHIRISHGA MAJBURLASHNING OBYEKTIV BELGILARI // Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report. 2024. Т. 4. № 3. С. 8-19.
BibTeX
@article{shuxratjon2024,
  author  = {Xaydarov, Shuxratjon and Khaydarov, Shukhratjon and Хайдаров, Шухратжон},
  title   = {AYOLNI OʻZ HOMILASINI SUNʼIY  RAVISHDA TUSHIRISHGA MAJBURLASHNING OBYEKTIV BELGILARI},
  journal = {Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report},
  year    = {2024},
  volume  = {4},
  number  = {3},
  pages   = {8-19}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Xaydarov, Shuxratjon
AU  - Khaydarov, Shukhratjon
AU  - Хайдаров, Шухратжон
TI  - AYOLNI OʻZ HOMILASINI SUNʼIY  RAVISHDA TUSHIRISHGA MAJBURLASHNING OBYEKTIV BELGILARI
JO  - Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report
PY  - 2024
VL  - 4
IS  - 3
SP  - 8
EP  - 19
ER  -