Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report 4-том 3-сан (2024) · 8-19-беттер
AYOLNI OʻZ HOMILASINI SUNʼIY RAVISHDA TUSHIRISHGA MAJBURLASHNING OBYEKTIV BELGILARI
Xaydarov, Shuxratjon, Khaydarov, Shukhratjon, Хайдаров, Шухратжон
Аннотация
Mazkur maqolada ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash jinoyati tushunchasi, oʻziga xos xususiyatlari hamda jinoyatning obyektiv belgilari bayon etilgan. Shuningdek, ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash jinoyatining obyektiv belgilari jinoyat huquqi mutaxassislari fikrlari asosida tahlil qilingan. Muallif ushbu olimlar fikrlariga ilmiy yondashib, oʻz fikrlarini ilmiy tahlil qilish asosida yoritgan. Bundan tashqari, maqolada ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash uchun javobgarlik belgilangan JK 115-moddasining ayrim boshqa oʻxshash jinoyatlar bilan bogʻliq jihatlariga ham toʻxtalib oʻtilgan. Ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash jinoyatidagi “majburlash” atamasi deganda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 8 ta jinoyat tarkibidagi jinoyat obyektiv tomonining sodir etish usuli sifatida majburlash nazarda tutilganligi tahlil qilingan. Shuningdek, ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash jinoyatlari Ispaniya, Marokash, Polsha, Latviya, Litva, Turkiya, Belgiya va boshqa xorijiy davlatlar qonunchiligi asosida qiyosiy o‘rganilgan. Maqolada ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash jinoyatining 2014–2022-yillardagi statistikasi, shuningdek, tadqiqot ishi yuzasidan oʻrganilgan hukmlar ilmiy asosda tahlil qilib berilgan. Muallif ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlash jinoyati uchun javobgarlik nazarda tutilgan qonunchilik normalarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslantirilgan xulosa va takliflarini bergan.
crime, liability, fetus, coercion, health, injury, qualification, life, victim, mental, physical, artificial, legal, coercionпреступление, ответственность, плод, понуждение, здоровье, травма, квалификация, жизнь, потерпевшая, психическое, физическое, искусственное, юридическое, насилиеjinoyat, javobgarlik, homila, majburlash, sogʻliq, shikast, kvalifikatsiya, hayot, jabrlanuvchi, ruhiy, jismoniy, sunʼiy, qonuniy, zoʻrlik
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.