Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report 6-tom 2-san (2026) · 44-56-betler

PUL MABLAGʻLARINI LEGALLASHTIRISH (YUVISH) JINOYATI SUBYEKTIV BELGILARINING JINOYAT-HUQUQIY TAHLILI

Fazilov, Farxod, Fazilov, Farkhod, Фазилов, Фарход

Derekkózde oqıw PDF

Annotaciya

Mazkur maqolada jinoiy daromadlarni legallashtirish (pul yuvish) tushunchasining umumiy nazariy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida ushbu hodisaning jinoyat-huquqiy mohiyati, uning zamonaviy iqtisodiy munosabatlar tizimidagi oʻrni hamda ijtimoiy xavflilik darajasi ochib berilgan. Shuningdek, ilmiy tadqiqot doirasida umumilmiy metodlar majmuasidan kompleks tarzda foydalanilgan. Xususan, tarixiy metod, qiyosiy-huquqiy metod hamda mantiqiy metod (tahlil va sintez) tadqiqotning metodologik asosini tashkil etdi. Tarixiy metod orqali jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish institutining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, uning milliy va xalqaro huquqiy evolyutsiyasi oʻrganilgan. Bu yondashuv mazkur institutning genezisini aniqlash, shuningdek, zamonaviy huquqiy tartibga solishning ildizlarini ochib berishga xizmat qildi. Qiyosiy-huquqiy metod yordamida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi xorijiy davlatlar tajribasi va xalqaro standartlar bilan taqqoslandi. Xususan, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi yondashuvlar, subyekt masalasi hamda javobgarlik asoslari turli huquq tizimlari kesimida tahlil qilindi. Bu esa milliy qonunchilikni takomillashtirish yoʻnalishlarini aniqlash imkonini berdi. Xulosa oʻrnida, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishdagi davlat siyosati xalqaro majburiyatlar va milliy iqtisodiy manfaatlar uygʻunligiga asoslanishi lozimligi koʻrsatilgan. Maqolada xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilishda davlatning oʻziga xos huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari hamda huquqni qoʻllash amaliyotini inobatga olish, yaʼni global talablar va milliy manfaatlar oʻrtasida muvozanatni taʼminlash zarurligi asoslab berilgan.

crime, criminal liability, proceeds of crime, money laundering, legalization criminal proceeds, punishmentпреступление, уголовная ответственность, преступные доходы, отмывание денежных средств, легализация доходов, наказаниеjinoyat, jinoiy javobgarlik, jinoiy daromadlar, pul yuvish, daromadlarni legallashtirish, jazo

Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.

Dáyeksóz alıw

APA 7
Fazilov, Farxod, Fazilov, Farkhod & Фазилов, Фарход (2026). PUL MABLAGʻLARINI LEGALLASHTIRISH (YUVISH) JINOYATI SUBYEKTIV BELGILARINING JINOYAT-HUQUQIY TAHLILI. Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report, 6(2), 44-56.
GOST R 7.0.5
Fazilov, Farxod, Fazilov, Farkhod, Фазилов, Фарход PUL MABLAGʻLARINI LEGALLASHTIRISH (YUVISH) JINOYATI SUBYEKTIV BELGILARINING JINOYAT-HUQUQIY TAHLILI // Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report. 2026. Т. 6. № 2. С. 44-56.
BibTeX
@article{farxod2026,
  author  = {Fazilov, Farxod and Fazilov, Farkhod and Фазилов, Фарход},
  title   = {PUL MABLAGʻLARINI LEGALLASHTIRISH (YUVISH) JINOYATI SUBYEKTIV BELGILARINING JINOYAT-HUQUQIY TAHLILI},
  journal = {Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report},
  year    = {2026},
  volume  = {6},
  number  = {2},
  pages   = {44-56}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Fazilov, Farxod
AU  - Fazilov, Farkhod
AU  - Фазилов, Фарход
TI  - PUL MABLAGʻLARINI LEGALLASHTIRISH (YUVISH) JINOYATI SUBYEKTIV BELGILARINING JINOYAT-HUQUQIY TAHLILI
JO  - Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report
PY  - 2026
VL  - 6
IS  - 2
SP  - 44
EP  - 56
ER  -