Oriental Art and Culture 7-том 01-нөмір (2026) · 112-121-беттер
OʻZBEKISTONDAGI YORUGʻLIK MUHITINI OʻRGANISHDA OPERATOR DANEIL DEMUTSKIYNING KUZATUVLARI VA UNING KINO TASVIR ESTETIKAGA TA’SIRI
Baxodirovich Kadirov, Bexzod
Аңдатпа
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda kino san’ati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida yorugʻlik muhiti va tabiiy yoritish hodisalarini badiiy tasvir vositasi sifatida anglash jarayonida operator Daneil Demutskiyning kuzatuvlari hamda uning kino tasvir estetikasiga koʻrsatgan ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Demutskiyning “monokl” linzali obyektiv orqali hosil qilgan yumshoq va nisbatan tumanli tasvir uslubi, yorugʻlikning tarqalishi, suvdagi miltirash, ko‘zgudagi aks, soya harakati kabi tabiiy vizual jarayonlarni aralashuvsiz kuzatish tamoyili asosida shakllangan badiiy yondashuv yoritiladi. Shuningdek, mazkur estetik qarashlarning XX asr birinchi yarmida kino san’atida vizual poetika kuchayishiga, xususan, kino-impressionizmi yo‘nalishining shakllanishiga bo‘lgan ta’siri asoslab beriladi. Maqolada operatorlik qarashlari va yorugʻlik fenomenining kino tilidagi ifodasi oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik ochib berilib, Demutskiy tajribalarining milliy kino tarixidagi estetik ahamiyati ilmiy xulosalar bilan umumlashtiriladi
Daneil Demutskiy, operatorlik san’ati, yorugʻlik muhiti, monokl obyektiv, kino tasvir estetikaси, vizual poetika, kino-impressionizm
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.