Oriental Art and Culture 7-tom 01-san (2026) · 183-190-betler
QO‘SHALOQ IKAT TEXNIKASINING MURAKKABLIGI: GERINGSING (BALI) VA PATOLA (HINDISTON) TO‘QIMACHILIKDA GENDER MASALASI
Alisher qizi Xoliqova, Mahliyo
Annotaciya
Ikat bugungi kunda "harakatdagi to‘qimachilik"dir. An’anaviy to‘qimachilikda double ikat (qo‘shaloq ikat) texnikasi eng murakkab va kam uchraydigan to‘qish usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu texnika asosida yaratilgan Geringsing (Bali oroli, Tenganan Pegringsingan) va Patola (Hindiston, Gujarat) matolari jahon to‘qimachilik merosida alohida o‘rin tutadi. Mazkur maqolada Geringsing va Patola matolarining texnologik jarayoni, naqsh-kompozitsion tuzilishi hamda ularning marosimiy va ramziy ahamiyati qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida tarixiy-madaniy, ikonografik va texnologik tahlil metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar qo‘shaloq ikat an’anasining turli hududlarda shakllanishidagi umumiylik va farqlarni aniqlash imkonini beradi hamda mazkur matolarning XXI asr dizayn amaliyotidagi ahamiyatini ochib beradi.
qo‘shaloq ikat (ikki tomonlama abrband), geringsing mato, patola mato, cepuk (tanda ip bo‘yalgan ikat), songket, transmilliy to‘qimachilik, matodagi chekka dizayn
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.