Oriental Art and Culture Volume 7 Issue 02 (2026) · pp. 90-97
IJRO PSIXOLOGIYASI VA UNING OLIY TA’LIM MUASSASALARI FORTEPIANO O‘QUV DASTURLARIDAGI ROLI
Muminov, Muminjon
Abstract
Mazkur maqola ijro psixologiyasining oliy ta’lim muassasalarida fortepiano o‘quv dasturlari tarkibidagi o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Fortepiano ijrochiligi nafaqat texnik mahorat va badiiy tafakkur, balki murakkab psixologik jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi. Sahna oldi hayajoni, diqqatni jamlash, ijodiy holatni boshqarish va stressga qarshi turish kabi psixologik omillar ijro sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida ijro psixologiyasining asosiy tarkibiy qismlari aniqlangan, ularni o‘quv dasturlariga integratsiya qilish usullari o‘rganilgan va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola natijalari fortepiano pedagoglari, o‘quv dasturlarini ishlab chiquvchilar va konsert ijrochilari uchun foydali manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
ijro psixologiyasi, fortepiano pedagogikasi, sahna oldi hayajoni, diqqat psixologiyasi, oliy musiqa ta’limi, stressni boshqarish
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.