Oriental Art and Culture 7-том 02-нөмір (2026) · 112-115-беттер
MUSIQA TA’LIMIDA ZAMONAVIY METODLAR: YUTUQLAR VA MUAMMOLAR
Orzigul Ilyosovna, Ruziyeva
Аңдатпа
Mazkur maqolada musiqa ta’limida zamonaviy metodlardan foydalanishning yutuqlari va ularni qo‘llash jarayonida uchrayotgan muammolar nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar, reflektiv ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, raqamli texnologiyalar va kreativ yondashuvlarning musiqa ta’limidagi o‘rni yoritiladi. Maqolada innovatsion metodlarning ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘quvchi shaxsini faollikka undashdagi afzalliklari bilan bir qatorda, ularni amaliyotga tatbiq etishdagi qiyinchiliklar ham tahlil qilinadi. Shu bilan birga, o‘qituvchining metodik tayyorgarligi, texnologik kompetensiyasi va san’atni o‘qitishdagi shaxsiy yondashuvining ahamiyati ko‘rsatib beriladi.
musiqa ta’limi, zamonaviy metodlar, innovatsion texnologiyalar, interfaol o‘qitish, kreativ fikrlash, reflektiv yondashuv, raqamli ta’lim, kompetensiya, pedagogik muammolar, ijodiy tafakkur, metodik yangilik, o‘qituvchi mahorati
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.