Oriental Art and Culture 7-jild 02-son (2026) · 138-149-betlar
XORAZM MUSIQASINING NOYOB OHANGLARI
Xoliqnazarov, Xurshidjon
Annotatsiya
Xorazm musiqasi O‘zbekiston xalqining qadimiy va boy madaniy me’rosini ifodalaydi. U xalq qo‘shiqlari, bayram hamda marosimlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, suvoralar, maqomlar va cholg‘ular orqali ijrochilik mahoratini namoyon etadi. Suvoralar va maqomlar xalqning hissiy, ma’naviy va tarixiy qadriyatlarini ifodalash vositasi sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birga, Xorazm musiqasida ishlatiladigan cholg‘ular - bulamon, dutor, g‘ijjak va surnay - musiqaning ohangini boyitadi va ritmini jonli qiladi. Bu musiqiy meros nafaqat estetik zavq beradi, balki milliy ruhiyatni uyg‘otadi va yosh avlodni madaniy qadriyatlar bilan tanishtiradi.
Xorazm musiqasi, suvoralar, maqom, cholg‘u, ashula, tasavvuf, xalq merosi, ijrochilik an’analari
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.