Oriental Art and Culture 7-jild 02-son (2026) · 160-166-betlar
FARG‘ONA-TOSHKENT MAQOM CHOLG‘U YO‘LLARI VA ULARNING O‘ZBEK MAQOM SAN’ATI TIZIMIDAGI O‘RNI
Marjona, Tosheva
Annotatsiya
Mazkur maqolada maqom san’atining Sharq xalqlari musiqa merosidagi o‘rni, uning nazariy va amaliy jihatlari hamda Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining shakllanish tarixi ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, maqomlarning xalq musiqa ijodi bilan uzviy bog‘liqligi, diniy-ma’naviy qarashlar bilan aloqador jihatlari hamda “Choli Iroq” kuyining badiiy va ruhiy mazmuni tahlil qilinadi. Maqom turkumlarining lad-usul tizimi, kompozitsion tuzilishi va ijrochilik an’analari haqida ilmiy xulosalar beriladi.
maqom, Shashmaqom, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari, lad va usul, Choli Iroq, maqom ijrochiligi, milliy musiqa merosi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.