Oriental Art and Culture Ҷилди 7 № 02 (2026) · Саҳифаҳои 196-208

QO‘QON XONLIGI HUKMDORLARI ISM VA LAQABLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI

Nilufarxon Bahromovna, Xalilova

Дар манбаъ хондан PDF

Аннотатсия

Ushbu maqolada Qo‘qon xonligi davri antroponimiyasi lisoniy va tarixiy-etimologik jihatdan tadqiq etiladi. Xususan, Qo‘qon xonlari va xonzodalari nomlari tizimi, ularning ismlari, laqablari, unvon bilan shakllangan antroponimik birliklari hamda ota-ism modellari tahlil qilinadi. Antroponimlarning nominatsion-motivatsion asoslari, semantik qatlamlari, diniy, istak va tasviriy nomlash an’analari misollar orqali yoritiladi. Shuningdek, hukmdorlar nomlarida sulolaviy davomiylik, diniy e’tiqod, ijtimoiy maqom va unvon ifodasining aks etishi ko‘rsatib beriladi. Maqolada hukmdorlar ismlarining arabiy, forsiy va turkiy manbalarga mansubligi, diniy-islomiy qadriyatlar bilan bog‘liqligi, shuningdek, sulolaviy an’ana va siyosiy legitimatsiya vositasi sifatidagi funksiyasi yoritiladi. Jumladan, Shohruxbiy, Olimxon, Umarxon, Muhammad Alixon, Xudoyorxon kabi hukmdorlarning nomlari misolida “xon”, “bek”, “biy”, “amir”, “shoh”, “Muhammad”, “ali” kabi komponentlarning semantik yuklamasi ochib beriladi. Shuningdek, laqablarning siyosiy qudratni ifodalovchi (masalan, “Bahodir”, “G‘oziy”), diniy e’tiqod va tasavvufiy qarashlarni aks ettiruvchi, shaxsiy fazilat va xarakter belgilarini bildiruvchi semantik turlari tasniflanadi. Ism va laqablarning qo‘llanish doirasi, tarixiy manbalardagi variantlari, fonetik va morfologik o‘zgarishlari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Qo‘qon xonligi hukmdorlari onomastik tizimida diniy-islomiy leksika ustuvorligi, forsiy-adabiy ta’sirning sezilarli darajasi hamda turkiy siyosiy terminologiyaning faol qo‘llangani aniqlanadi. Maqola tarixiy onomastika, leksikologiya va semasiologiya yo‘nalishlarida olib boriladigan tadqiqotlar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Qo‘qon xonligi, antroponimiya, antroponim, tarixiy onomastika, laqab, unvon, xon, biy, bek, semantika, nominatsiya

Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.

Иқтибос гирифтан

APA 7
Nilufarxon Bahromovna, Xalilova (2026). QO‘QON XONLIGI HUKMDORLARI ISM VA LAQABLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI. Oriental Art and Culture, 7(02), 196-208.
GOST R 7.0.5
Nilufarxon Bahromovna, Xalilova QO‘QON XONLIGI HUKMDORLARI ISM VA LAQABLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI // Oriental Art and Culture. 2026. Т. 7. № 02. С. 196-208.
BibTeX
@article{xalilova2026,
  author  = {Nilufarxon Bahromovna, Xalilova},
  title   = {QO‘QON XONLIGI HUKMDORLARI ISM VA LAQABLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI},
  journal = {Oriental Art and Culture},
  year    = {2026},
  volume  = {7},
  number  = {02},
  pages   = {196-208}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Nilufarxon Bahromovna, Xalilova
TI  - QO‘QON XONLIGI HUKMDORLARI ISM VA LAQABLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI
JO  - Oriental Art and Culture
PY  - 2026
VL  - 7
IS  - 02
SP  - 196
EP  - 208
ER  -