Oriental Art and Culture 7-tom 02-san (2026) · 220-224-betler
FORTEPIANO IJROCHILIGIDA POLIFONIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK VAZIYATLARI VA USLUBIY ASOSLARI
Sobirjonov, Akbar-Mirzo
Annotaciya
Ushbu maqolada fortepiano darslarida o‘quvchi va talabalarning polifonik tafakkurini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari kompleks tarzda yoritiladi. Polifoniya janridagi asarlar ustida ishlash jarayonida yuzaga keladigan pedagogik vaziyatlar tizimli tahlil qilinib, ovozlar mustaqilligini ta’minlash, vertikal va gorizontal eshitishni shakllantirish, imitatsion tafakkurni rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqotda musiqiy-pedagogik kuzatuv, qiyosiy tahlil va ijrochilik amaliyoti metodlaridan foydalanilgan. Maqola musiqa pedagoglari, magistrantlar hamda fortepiano ijrochiligi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
polifoniya, fortepiano ijrochiligi, polifonik tafakkur, pedagogik vaziyat, I.S.Bax, G.F.Hendel, imitatsiya, ovozlar mustaqilligi, intonatsiya, artikulyatsiya
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.