Жисмоний тарбия ва спорт ахборотномаси Том 1 № 2 (2026) · с. 97-104
YOSh KURAShChILARNING MAXSUS EGILUVChANLIK SIFATINI RIVOJLANTIRIShDA ILG‘OR USLUBLARDAN FOYDALANISh
Norov Olim Toshpoʻlatovich
Аннотация
Ushbu maqolada yosh sportchilarni tayyorlash jarayonida maxsus egiluvchanlik sifatini rivojlantirish masalalari o‘rganilgan. Ayniqsa, milliy sport turi bo‘lgan kurash bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishda egiluvchanlikning o‘rni muhim ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotda kurashchilarning maxsus egiluvchanligini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy va ilg‘or mashg‘ulot uslublari tahlil qilinadi hamda ularning mashg‘ulot jarayonidagi samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, yosh kurashchilarda egiluvchanlik sifatini rivojlantirish orqali texnik harakatlarni bajarish sifati oshishi, jarohatlar xavfi kamayishi va umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi yaxshilanishi mumkinligi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot jarayonida nazariy tahlil, pedagogik kuzatish, tajriba va taqqoslash metodlaridan foydalanilgan. Olingan natijalar yosh kurashchilar tayyorgarligi jarayonini yanada samarali tashkil etish va mashg‘ulot metodikasini takomillashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari sport maktablari, murabbiylar va jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda xizmat qilishi mumkin.
Flexibilitykurashadvanced methodsmuscle flexibilityyoung athletesГибкостькурашпередовые методырастяжимость мышцюные спортсмены
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.