O‘zbekiston terapiya axborotnomasi № 2 (2026)
ВЛИЯНИЕ ТЕРАПИИ САКУБИТРИЛОМ/ВАЛСАРТАНОМ НА ФУНКЦИЮ ПРАВОГО ЖЕЛУДОЧКА И ДЕФОРМАЦИОННЫЕ ПОКАЗАТЕЛИ МИОКАРДА У ПАЦИЕНТОВ С ХРОНИЧЕСКОЙ СЕРДЕЧНОЙ НЕДОСТАТОЧНОСТЬЮ
Туляганова Д.К., Хужанов Х.Б.
Аннотатсия
Tadqiqot maqsadi. Ishemik genezli surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda sakubitril/valsartan terapiyasining o‘ng qorinchaning strukturaviy-funksional holati va miokard deformatsiyasi ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash. Materiallar va usullar. Tadqiqotga ishemik etiologiyali surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan 120 nafar bemor kiritildi. Asosiy guruhni standart davolash tarkibida sakubitril/valsartan qabul qilgan 80 nafar bemor, taqqoslash guruhini esa faqat standart terapiya olgan 40 nafar bemor tashkil etdi. Ko‘rsatkichlarning dinamikasi 6 va 12 oylik davolashdan so‘ng tahlil qilindi. Natijalar. Sakubitril/valsartan terapiyasi fonida o‘ng qorincha funksiyasi va miokardning deformatsion xususiyatlarida ishonchli yaxshilanish kuzatildi. TAPSE ko‘rsatkichi 16,2±2,1 mm dan 19,1±2,3 mm gacha oshdi (p<0,001), RV free wall strain −17,5±2,1% dan −20,2±2,4% gacha yaxshilandi (p<0,001), LV GLS esa −11,2±1,8% dan −14,5±2,0% gacha yaxshilandi (p<0,001). Shu bilan birga, o‘pka arteriyasidagi sistolik bosim 38,4±6,2 mm simob ustunidan 31,9±5,4 mm simob ustunigacha kamaydi (p<0,001). Standart terapiya olgan guruhda kuzatilgan o‘zgarishlar kamroq darajada namoyon bo‘ldi. Xulosa. Sakubitril/valsartan terapiyasi ishemik genezli surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda o‘ng qorinchaning qisqaruvchanlik funksiyasini yaxshilashga, miokard deformatsiyasi ko‘rsatkichlarini tiklashga hamda yurakning teskari remodellanish jarayonlarini rag‘batlantirishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: surunkali yurak yetishmovchiligi, o‘ng qorincha, TAPSE, RV strain, GLS, speckle-tracking exokardiografiya, sakubitril/valsartan.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.