Oltin bitiklar – Golden Scripts Volume 1 Issue 1 (2019)
“Xamsa” dostonlarining ilmiy-tanqidiy matnlari va ularni tuzish prinsiplari: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.1/NZPH9466
P. Shamsiyev
Abstract
O‘zbek matnshunosligi XX asrning birinchi yarmida fan sifatida jadal rivojlana boshladi. Matnshunoslik, dastlab, mumtoz adiblar, xususan, Alisher Navoiy asarlarini to‘plash, ularni tadqiq etish hamda nashrga tayyorlash ishlari bilan boshlangan bo‘lsa, keyinchalik yangi tarmoqlar hisobiga kengayib bordi. Bugungi kunda matnshunoslik sohasi manbashunoslik bilan birga yanada rivojlanib, zamonaviy filologik masalalar yechimida muhim vazifalarni amalga oshirmoqda.Porso Shamsiyev — o‘zbek matnshunosligining asoschilaridan biri. U qariyb 50 yil mobaynida matnlar tadqiqi bilan shug‘ullandi. Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandasi Alisher Navoiyning “Xamsa” asari nusxalari hamda uning ilmiy-tanqidiy matnini yaratish prinsiplari xususida so‘z yuritiladi. Olim o‘z oldiga Alisher Navoiy “Xamsa”sining to‘liq ilmiytanqidiy matnini tuzish vazifasini qo‘yadi. Mazkur matnni tayyorlashda olti qadimiy qo‘lyozmaga tayanadi va shu asosda “Xamsa”ning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlaydi, bu jarayonda matnshunoslikning muayyan prinsiplari asosida ish ko‘radi. Alisher Navoiy “Xamsa”sining ilmiy-tanqidiy matniga asos bo‘lgan qo‘lyozmalarning har biriga mukammal tavsif beradi. Bunda dunyo matnshunosligida mavjud bo‘lgan tanqidiy matn tayyorlash tajribasiga ham suyanadi. Muallif “Xamsa”ning imkon qadar muallif variantiga yaqin matnini taqdim etish, bu orqali buyuk mutafakkirning ijodiy qiyofasi yanada yorqin namoyon bo‘lishiga erishish hamda Navoiy asarlarining jamiyatga, yosh avlod tarbiyasiga yanada ko‘proq xizmat qilishiga erishishni maqsad qilgan
matnAlisher Navoiyilmiy-tanqidiy matntavsifbaytXamsaqo‘lyozma
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.