Oltin bitiklar – Golden Scripts Ҷилди 1 № 1 (2019)
Muqimiy lirik asarlarining matniy-qiyosiy tahlili: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.1/HBNE4059
Pardayev, Qo‘ldosh
Аннотатсия
Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy asarlarining nashrlari matnini shoirning dastxat bayozlari bilan qiyoslaganda aksariyat she’riy asarlar matni asliyatga muvofiq emasligi ma’lum bo‘ldi. Chunki sho‘ro davri mafkurasi talabidan kelib chiqib, shoirning diniy-tasavvufiy mavzudagi she’rlari tahrirga uchradi, qisqartirildi. Hajviy asarlar matnidagi kuchli ijtimoiy – tanqidiy bayt va bandlar ham tushirib qoldirildi. Natijada, tahrir qilingan asarlar oʻz mazmun – mohiyatiga zid talqin qilindi. Shuningdek, maqolada shoirning ilmiy jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan forsiy tildagi bitta maktubi, hamda Amiriy g‘azaliga va o‘z g‘azaliga taxmis qilingan ikki muxammasi ilk marta e’lon qilinmoqda. Muqimiyning yangi topilgan asarlari shoir dunyoqarashini, ijtimoiy voqelikka munosabatini, adabiy-estetik olamini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
satiranashrshoirmisraTurkistonbaytadabiy muhit
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.