Oltin bitiklar – Golden Scripts Ҷилди 1 № 1 (2019)
Sharq nasrida insho sanʼati: “Munshaoti Abdulloh Marvorid” asari: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.1/EROB2817
Mahmudov, Umedullo
Аннотатсия
O‘zining qadim ildizlari va ulkan ilmiy salohiyatiga ega bo‘lgan mamlakatimizning davlatchilik tarixi, diplomatiyasi hamda ilm-fan, xususan, adabiyoti tarixida yozishmlalar muhim o‘rin tutadi. Mazkur yozishmalar hatto muayyan ilm sohasi sifatida qaralib, uning doirasida maktub bituvchilar(munshiylar)ga o‘quv qo‘llanmalar yoki saroy hujjatlaridan namunalar majmuasi ham yaratilgan va ular “munshaot” nomi bilan shuhrat topgan. Ushbu qo‘llanma va majmualar mamlakatimiz tarixi, adabiyoti hamda muayyan davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayot haqidagi tasavvurlarimizni boyitishga yaqindan yordam beradi.Ushbu maqolada Аlisher Navoiyning zamondoshlari, xususan, uning izdoshiga boʻlgan xattot va shoir, musiqashunos olim, “Munshaoti Аbdulloh Marvorid” asari muallifi Shahobiddin Аbdulloh Marvorid shaxsiyati va uning qalamiga mansub “Munshaoti Аbdulloh Marvorid” asari, asarning qo‘lyozma nusxalari, uning o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni va ahamiyati xususida so‘z yuritilgan.Munshaot (arab.—insho etilganlar, yaʼni yozilganlar, bitilganlar) — Sharq sheʼriyatidagi janrlardan biri, muallifning nazm yoki nasrda yozilgan maktublar to‘plami.
Munshaotmunshiymaktubfarmonqo‘lyozmaSharafnomaTuhfai SomiyTemuriylar davri
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.