Oltin bitiklar – Golden Scripts Volume 1 Issue 1 (2019)
Chustiy gʻazallarining vazn xususiyatlari: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.1/DCUO5963
Rahmonova, Shahnoza
Abstract
Ushbu maqolada Chustiyning “Hayotnoma” (1988), “Sadoqat gullari” (1992), “Ko‘ngil tilagi” (1994) devonlaridagi gʻazallar vazni oʻrganilgan, gʻazallarning janr xususiyatlari hamda mavzu koʻlami tahlil qilingan. Shoir g‘azallarida mazmun va shakl birligini, g‘oya va obrazlar mutanosibligi va g‘azal talablaridan kelib chiqqan holda har bir baytning o‘ziga xosligini kuzatamiz. Chustiy g‘azallarida aruz tizimining ramal, hazaj, muzori’, mutaqorib, mujtass, rajaz bahrlari faol ishlatilgan. Ushbu vaznlarda yaratilgan gʻazallar “Shashmaqom”ga mansub 52 kuyga mos tushishini kuzatishimiz mumkin. Bundan tashqari, Chustiy gʻazallarining vazni Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidagi she’rlarning vazn xususiyatlari bilan qiyoslandi. Ulardagi parallellik, oʻxshashlik, mavzu va mazmun yaqinligi aniq misollar orqali yoritildi. Gʻazallardagi xalq ogʻzaki ijodi va xalq kuylari bilan aloqadorlik masalasi oʻrganildi. Bundan tashqari, Chustiy ayrim gʻazallarining aruz vazni qoidalariga mos kelmasligi aytiladi. Jumladan, “Haddan ziyoda”, “Keling tezroq, Qoraqalpoq” gʻazallarining. Ushbu gʻazallarni tahlil qilish jarayonida ularning koʻproq barmoq vazni talablariga mos tushishi aniqlandi. Maqolada ilk marotaba Chustiy g‘azallarining vazn statistikasi berildi.
rajaz bahriChustiyramal bahriaruz vaznigʻazal, vaznhazaj bahri,
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.