Oltin bitiklar – Golden Scripts 3-том 3-сан (2019)
Turkiy tilning proto-turk davri: xun va oʻgʻur-bulgʻor tarmoqlari: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.3/DGZT3518
Boboyorov, G'aybulla
Аннотация
Bugungi kunda turkiy tillar oʻgʻuz, qarluq va qipchoq kabi 3 ta yirik va oz sonli xalach, Janubiy Sibir, chuvash va yoqut (saxa) lahjalariga boʻlinadi. Ushbu lahjalarning deyarli barchasi yoki koʻpchiligi qadimgi turk tili – “Oʻrxun-Enasoy bitiktoshlari tili”ning, ya’ni koʻpchilik tilshunoslar ta’biri bilan aytganda “Umumturkiy til”ning toʻgʻridan-toʻgʻri izdoshlari boʻlsa, ayrimlari esa bu tillardan butunlay ajralib turadi. Ayniqsa, bu bugungi chuvash va oʻrta asrlardagi Volga bulgʻorlari tilida koʻproq koʻzga tashlanib, ular uchun tilshunoslikda koʻpincha “proto-turk tilining izdoshlari” yoki “xun tilining bir tarmogʻi” kabi atamalar qoʻllaniladi. Ushbu maqolada “proto-turk” yoki “xun tili” atamalari negizida aynan qanday tushunchalar yotadi”, “oltoyshunoslar va turkologlar qanday dalillarga tayanib bunday toʻxtamlarga kelishgan” kabi savollarga javob berishga urinib koʻramiz.
Oʻrxun-Enasoy bitiktoshlariQadimgi turkiy tilumumturkiy tilxun
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.