Oltin bitiklar – Golden Scripts Ҷилди 3 № 3 (2019)
Turkiy yozma yodgorliklar tilidagi so‘zlarning o‘zbek shevalarida qo‘llanishi: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.3/EAQU4719
Tog‘ayev, To'lqin
Аннотатсия
Ushbu maqolada o‘zbek shevashunosligi sohasida olib borilgan tadqiqot ishlari, erishilgan ilmiy yutuqlar, sheva leksikasiga oid chop etilgan lug‘atlar qayd etildi. O‘zbek xalq shevalari bo‘yicha o‘z vaqtida muayyan tadqiqot ishlari bajarilgan va materiallar to‘plangan bo‘lsa-da, maqolada ularning ba’zilari hamon yetarli darajada o‘rganilmagan, ayrimlari esa hali tadqiq etilmagan. Taqdim etilayotgan mazkur ishda Navoiy viloyatining Xatirchi, Nurota tumanlari, shuningdek, Samarqand viloyatining g‘arbiy tumanlari: Qo‘shrabot, Narpay, Ishtixon shevalaridagi o‘zbek adabiy tilida uchramaydigan ayrim so‘z va atamalar to‘g‘risida bahs yuritildi. Ularning etimologiyasi, tarixi, eski turkiy yodgorliklarda, hozirgi o‘zbek shevalari va o‘zbek adabiy tilida, shuningdek, qardosh tillarda mavjudligi masalalariga e’tibor qaratildi. Xususan,«to‘rkunlamoq», «tevana», «min», «to‘ramoq» so‘zlari ma‘nosiga izoh berildi, etimologiyasi tekshirildi. Bu so‘zlar Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk», Muhammad Solihning «Shayboniynoma», o‘zbek mumtoz adabiyoti asarlaridagi, shuningdek, bugungi uyg‘ur, qirg‘iz va boshqa turkiy tillar dialektlaridagi shakllari bilan qiyoslab tahlil qilindi.
lug‘atetimologiyaturkiy yodgorliklartil tarixiadabiy tilshevalardialektologiya
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.