Oltin bitiklar – Golden Scripts 4-том 4-сан (2019)
Urxun alifbosining tuzilishi: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.4/MJOA8301
Umarov, Ergash
Аннотация
Turkiy tillar boy va qadim tarixga ega. Boshqa tillar kabi ular ham asrlar davomida rivojlandi, boyib bordi. Mazkur maqolada turkiy tillar tarixi, xususan, turkiy tillar taraqqiyotida muhim hodisa sanalgan Urxun alifbosi xususida so’z boradi. Muallif masalaning bir necha dolzarb va bahsli jihatlariga e’tibor qaratib, ularga o’z munosabatini bildiradi. Runik alifbodagi belgilar miqdori va bu belgilarning asosi, runik alifboning yaratilish bosqichlari, unli va undoshlar ifodasi, ayrim undoshlarning ikki xil runa bilan ifodalanishi, ikki harfni ifodalovchi harflar (ligaturalar) va diftonglar kabi masalalar shular jumlasidandir.Muallif fikricha, Urxun alifbosi fors mixxatlaridan namuna olib tuzilgan, shu bois ushbu alifbo bir qancha murakkabliklarga ega. Ammo alifbo va undagi murakkabliklar birdaniga yuzaga kelgan emas. Urxun alifbosi oxirgi holga kelguncha yetti bosqichni bosib o’tgan va vaqt o’tgan sari takomillashib borgan. Shuningdek, maqolada Urxun harflarining qadimgi turkiy tillardagi unlilarga xos uzun-qisqalikni ifodalay olmasligi alifboning kamchiligi sifatida ko’rsatiladi. Maqola so’ngida S. E. Malov, G’. Abdurahmonov va A. Rustamov, A. M. Shcherbak, E. Umarovlar tomonidan tuzilgan (o’qilgan) Urxun alifbolari taqqoslash uchun berilgan.
ideogrammaturkiy tilUrxun alifbosiyozuvturk xoqonligitovush
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.