Oltin bitiklar – Golden Scripts Volume 4 Issue 4 (2019)
Sharh ilmi ildizlari: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.4/OKWQ9026
Zohid, Rashid
Abstract
Maqolaning avvalida sharh ilmining vujudga kelish sabablari va bu ilmning rivojlanish bosqichlarini aniqlashda asos vazifasini o‘tagan ilmiy mezon taqdim etilgan. Bunda ijtimoiy-gumanitar, tabiiy, aniq yoki boshqa har bir fan sohasi o‘zining mavjudligini insoniyat tamadduni tarixiga konkret munosabati bilan namoyon qilishi va mana shu konkret munosabatning aniqlik chegarasi qay darajada bo‘lishi muhimligi ta’kidlangan. Shu ilmiy mezonga ko‘ra sharh ilmining vujudga kelishi, shakllanishi, mustaqil ilm sifatida barqarorlashuv hodisalari Islomdan keyingi davr bazasida tadqiq etilgan. Sharh ilmining tarmoqlanishi va barcha turdagi sharhlar uchun umumiy, tarmoqlararo barqaror qonuniyatlar mavjud ekanligi tasnifiy dalillar bilan asoslangan. Sharh ilmining tekshirish usullari, ilmiy tamoyillari nafaqat zamonaviy adabiyotshunosligimiz uchun, balki germenevtika ta’limotining asoschilari bo‘lgan G‘arb olimlarining ilmiy-adabiy mezonlari uchun ham zamin vazifasini o‘tagan degan qarash ilgari surilgan. G‘arb olimlarining germenevtika haqidagi qarashlari va Sharq adabiyotiga xos bo‘lgan tushunish va tushuntirish ilmining farqli va mushtarak xususiyatlari qiyoslangan. Mumtoz asarlarni tushunish yo‘lidagi talqinlarning mumtoz asar ma’no qatlamini ochishdagi vazifasi dalillangan.
barqaror qonuniyatsharh ilmimezongermenevtikadavrilmiy tamoyil
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.