Oltin bitiklar – Golden Scripts Том 4 № 4 (2019)

Iskandar oynasi: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.4/XGFN3626

Ismoilov, Ilyos

Читать на сайте источника PDF

Аннотация

Alisher Navoiy XV asr adabiy muhiti vakili sifatida oʻziga qadar yaratilgan eng sara adabiy durdonalar, badiiy ijodga doir tajriba va an’analarni puxta oʻzlashtirdi, natijada ularni rivojlantirdi. Eng muhimi shoirda badiiy ijod uchun tugʻma iste’dod mavjud edi. Qolaversa, tarixiy davr Xuroson va Movarounnahrda turkiy tilni himoya qiluvchi buyuk ijodkorning maydonga chiqishini taqozo etardi. Mazkur omillar birlashib insoniyat ma’naviy dunyosiga beqiyos hissa qoʻshgan Alisher Navoiydek ulugʻ shoirning badiiy ijod sahniga kelishiga zamin hozirladi. Navoiy xamsanavislik borasida salaflari tajribasini yaxshi oʻrgangan. Buni “Saddi Iskandariy” dostoni misolida ham koʻrish mumkin. Navoiy Nizomiy, Xusrav va Jomiy kabi oʻz “Xamsa”siga Iskandar mavzusidagi maxsus masnaviy kiritgan. Unda Iskandarning, avvalo, podshoh sifatidagi ishlari, soʻngra donishmandlik fazilatlari tasvirlanadi. Navoiy Iskandarni ilmparvar shaxs deb tasavvur qilgan, shu bois dostonda uning bir guruh donishmandlar bilan olib borgan ilmiy izlanishlari, tilsimlari xususida ancha batafsil ma’lumot beradi. Ana shu ilmiy kashfiyotlardan biri — Oinayi Iskandariy boʻlib, bu obraz faqat “Saddi Iskandariy”da emas, Navoiyning butun ijodida keng tasvirlangan va muhim ahamiyat kasb etgan. Mazkur maqolada Oinayi Iskandariyning paydo boʻlish tarixi, Nizomiy va Xusravning unga munosabati, Navoiy qarashlarining salaflari fikri bilan qiyosi hamda Navoiyning yangi talqinlari toʻgʻrisida soʻz boradi.

Iskandar oynasitilsimNavoiyNizomiyXusrav

Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.

Цитировать

APA 7
Ismoilov, Ilyos (2019). Iskandar oynasi: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.4/XGFN3626. Oltin bitiklar – Golden Scripts, 4(4).
GOST R 7.0.5
Ismoilov, Ilyos Iskandar oynasi: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.4/XGFN3626 // Oltin bitiklar – Golden Scripts. 2019. Т. 4. № 4.
BibTeX
@article{ilyos2019,
  author  = {Ismoilov, Ilyos},
  title   = {Iskandar oynasi: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.4/XGFN3626},
  journal = {Oltin bitiklar – Golden Scripts},
  year    = {2019},
  volume  = {4},
  number  = {4}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Ismoilov, Ilyos
TI  - Iskandar oynasi: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.4/XGFN3626
JO  - Oltin bitiklar – Golden Scripts
PY  - 2019
VL  - 4
IS  - 4
ER  -