Oltin bitiklar – Golden Scripts 1-jild 1-son (2020)
Qаdimgi turkiy аsаrlаrdа mаtn ikki tilliligi: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.1/ZKSR4193
Аlimuhamedov, Rixsitilla
Annotatsiya
Qadimgi turkiy adabiyot uzoq o‘tmishga ega. Undagi anʼanalar, matn tuzish ko‘nikmasi ham qadim zamonlardan shakllanib kelgan. Ikki tilda asar yaratish ko‘nikmasi turkiy matnnavislik tarixida qadimdan shakllangan bo‘lib, ularning ilk namunalari islomdan avvalgi yozma yodgorliklar orasida ko‘plab uchraydi. Bu davrga kelib, turkiy xalqlarning qo‘shni millat va davlatlar bilan o‘zaro savdo va iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy aloqalari kuchayib ketdi. Natijada adabiy matnlar ikki (hatto uch) tilda yaratila boshlandi. Matn ikki tilliligi masalasi yerli aholining ikki tilda so‘zlashuvi hamda tarjimachilik bilan bog‘liq. Ushbu maqola qadimgi turkiy adabiy manbalardagi ikki tilli matnlar yaratish tahliliga bag‘ishlangan. Unda ikki tilli matnlarning yaratilish sabablari, tuzilishi kabi masalalar oʻrganilgan.
qadimgi turkiy matnnavislikikki tilli matnqadimgi turkiy adabiyotadabiy aloqalar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.