Oltin bitiklar – Golden Scripts Volume 2 Issue 2 (2020)
Arba’innavislik an’anasi va Muhayyir adabiy faoliyati: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.2/XWTK9587
Dehqonov, Akromjon
Abstract
Maqolada XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asr boshlarida Qo‘qonda yashab ijod etgan iste’dodli adib, tarjimon Muhammadqul Muhammadrasul o‘g‘li Muhayyir ijodi haqida ma’lumot berilgan. Muhayyirning Alisher Navoiy an’anasini davom ettirib, qirq hadis mazmunidan iborat nazmdagi “Arba’in”i tahlil etilgan. Shuningdek, musulmon Sharq adabiyotidagi, xususan, arab, fors, usmonli turk va o‘zbek adabiyotidagi arba’inchilik an’anasi haqidagi ayrim kuzatishlari ham bayon etilgan. “Arba’in” bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qirq raqamining xosiyati, insoniyat tarixiga doir voqea-hodisalarning Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, So‘fi Olloyor ijodidagi talqini tahlil etilgan. Ayni fikrni dalillash uchun adiblarning asarlaridan iqtiboslar olingan. Mazkur voqea-hodisalarning ildizlari Qur’oni Karim va hadisi sharifga borib taqalishi asoslangan.Maqolada Muhayyirning tarjimonlik mahorati, uning tarjima uchun olingan hadis mazmunini saqlagan holda yaxshigina she’riy namunalar yaratgani ko‘rsatib berilgan. Fiqhlar asosli misollar yordamida isbotlangan. Shuningdek, Muhayyir nazmga solgan hadislar Alisher Navoiy ta’lif etgan “Arba’in” bilan ham qiyoslangan. Har ikki ijodkor yaratgan “Arba’in”larning o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos o‘rni, mazmun va ma’no ko‘lami jihatidan ayrichaligi yoritilgan. Ular Alisher Navoiy “Arba’in”idagi hadislarning takrori bo‘lmay, balki mutlaqo yangi, mustaqil asar ekanligi ta’kidlangan. Tarjima uchun asos qilib olingan Shayx ibn Nuruddin Muhammad Puroniyning forsiy tilda ta’lif etilgan “Arba’in”i qiyosiy ko‘rib o‘tilgan. Adibning forsiy matndagi ma’noni turkiy tilda qay darajada ifodalagani tadqiq etilgan. Kuzatishlar asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarilgan.
tarjimaArba’inhadisan’anao‘ziga xoslik
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.