Oltin bitiklar – Golden Scripts 2-том 2-нөмір (2020)
Turkiy tillar tarixida rasmiy uslubning takomil bosqichlari va davrlashtirish masalalari: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.2/GTHI8034
Omonov, Qudrat
Аңдатпа
Turkiy tillar qadimiy tarixga ega. U bugungi holga kelgunga qadar turli taraqqiyot bosqichlari, davrlarini bosib o‘tgan. Ana shu jarayonda ichki va tashqi omillarga ko‘ra o‘zgarishlarga uchragan. Bu holni turkiy tillar rasmiy uslubining takomil bosqichlari misolida kuzatish mumkin. Ushbu maqolada turkiy tillarga xos hujjatchilik, rasmiy yozma uslub tarixi, uning rivojlanish jarayoni va mazkur jarayonni davrlarga bo‘lib o‘rganish masalasi tahlil etilgan.Muallif maqolada ko‘k turk bitiglari tilini barcha uslublarning asosi sifatida qarash zarur degan fikrni ilgari suradi hamda o‘z fikrlarini turkiy tilning qadimgi davriga oid namunalar bilan asoslashga harakat qiladi. Turkiy hujjatchilik tarixi, rasmiy uslubning yuzaga kelishi va takomillashuvi bir qancha davrlarni o‘z ichiga oladi. Muallif uni quyidagi asosiy bosqichlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadi: “Eng qadimgi davrlar hujjatchiligi”, “Turk xoqonliklari davri hujjatchiligi”, “IX–XIII asrlar hujjatchiligi”, “XIII–XVI asrlar hujjatchiligi”. Maqolada ushbu davrlar yana ichki bosqichlardan iborat ekani ham qayd etilgan. Muallif turkiy rasmiy uslubning takomil bosqichlari tahlili turkiy saltanatlarning ish yuritish amaliyotida rasmiy matn tuzish an’anasi tugal shakllanganligi, hujjat bitishning yagona andozasi amal qilganligini ta’kidlaydi.
turk xoqonligiturkiy tillarko‘k turkrasmiy uslubbosqichdavrlashtirish
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.