Oltin bitiklar – Golden Scripts Volume 3 Issue 3 (2020)
Ogahiy tarixiy asarlari so‘z boyligida o‘zlashma qatlamning o‘rni: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.3/MJSU3816
Dadaboyev, Hamidulla
Abstract
Mumtoz o‘zbek adabiyotining yirik namoyondasi Ogahiy tomonidan 1825–1874-yillarda Xiva xonlari tarixiga bag‘ishlab bitilgan “Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, “Jome ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat” va “Shohid ul-iqbol” asarlarida xonlik hududida yashagan o‘zbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq millatlarining ijtimoiy-maishiy turmush tarzi, xonlikning Buxoro amirligi, Qo‘qon xonligi, Eron, Hindiston, Afg‘oniston, Rossiya davlatlari bilan o‘rnatgan turfa munosabatlari, o‘zaro to‘qnashuvlar, savdo-sotiq aloqalari, norozilik qo‘zg‘olonlari, xalqlarning mentaliteti, urf-odatlari keng yoritilishi qatori, davr o‘zbek adabiy tilining leksik boyligi, sintaktik qurilishi o‘z ifodasini topgan. Ogahiy asarlari so‘z boyligida ijtimoiy-siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ma’naviy, diniy, ilmiyma’rifiy va boshqa terminlar sistemasi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu terminologik tizimni shakllantirishda asl o‘zbek(turk)cha qatlam kabi arab, fors-tojik, mo‘g‘ul, xitoy va qisman, rus tilidan kirib kelgan istilohlar muhim rol o‘ynagan. Mazkur maqolada Ogahiyning Xiva xonlari tarixiga doir asarlarida qayd etilgan o‘zlashma qatlam tarkibida juda qadimdan turkiy (o‘zbek) tilida faol ishlatilgan istilohlarning fonetik va semantik qurilishiga diqqat qaratildi, soha terminologiyasi tizimidagi muayyan tilning o‘rni, maqeyini belgilashda lingvistik va ekstralingvistik omillar hisobga olindi.
o‘zbek adabiy tiliXiva xonligiso‘z o‘zlashtirishekstralingvistik omilterminologik tizim
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.