Oltin bitiklar – Golden Scripts 3-том 3-сан (2020)

O‘zbek tili sintaksisi rivojida chun bog‘lovchisining o‘rni: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.3/PAGY1444

Rahmatov, Mardon

Булактан окуу PDF

Аннотация

Tilda boshqa tizimdagi tillarga xos grammatik shakllarning qo‘llanishi, ularning o‘sha tilga xos sintaktik qoliplarning va mazmuniy munosabatlarning ifodalanishi masalasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Shunday grammatik shakllaridan biri chun bog‘lovchisidir. Mazkur maqolada chun bog‘lovchisining qo‘llanishi tarixi, uning o‘zbek tili sintaksisi taraqqiyotidagi o‘rni masalalari zamonaviy tilshunoslikda erishilgan yutuqlar asosida o‘rganildi. Jumladan, bog‘lovchining obyektiv (diktum) va subyektiv (modus) mazmundagi gaplarni shakllantirishi, obyektiv mazmunli gaplar qo‘shma gapning tobe komponenti sifatida qo‘llanib sabab, payt, shart, o‘xshatish kabi mazmuniy munosabatlarni ifodalashi, subyektiv mazmunni ifodalanganda esa kiritma gap sifatida qo‘llanishi ochib berildi. Shuningdek, bog‘lovchining yana bir o‘ziga xos jihati mavjudligi aniqlangan, ya’ni bog‘lovchining gap tarkibida, turli gap bo‘laklari orasida qo‘llana olish imkoniga egaligidir. Bu masala gapning grammatik mazmun planini, ya’ni sintaksisning kommunikativ aspekti nuqtayi nazaridan yondashib o‘rganildi. Tahlilga tortilgan til materiallari o‘zbek tilining sintaktik qurilishi taraqqiyoti masalalariga oydinlik kiritadi. Shuningdek, chiqarilgan ilmiy xulosalar, asoslar klassik va zamonaviy o‘zbek adabiyoti, fors adabiyotining hozirgi o‘zbek tilidagi tarjimalarida uchraydigan chun//chubog‘lovchining matndagi ma’nolarini to‘g‘ri anglashga yordam beradi.

bog‘lovchimorfologik shaklsintaksisgapqo‘shma gaptobe gapkirish so‘z

Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.

Цитата алуу

APA 7
Rahmatov, Mardon (2020). O‘zbek tili sintaksisi rivojida chun bog‘lovchisining o‘rni: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.3/PAGY1444. Oltin bitiklar – Golden Scripts, 3(3).
GOST R 7.0.5
Rahmatov, Mardon O‘zbek tili sintaksisi rivojida chun bog‘lovchisining o‘rni: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.3/PAGY1444 // Oltin bitiklar – Golden Scripts. 2020. Т. 3. № 3.
BibTeX
@article{mardon2020,
  author  = {Rahmatov, Mardon},
  title   = {O‘zbek tili sintaksisi rivojida chun bog‘lovchisining o‘rni: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.3/PAGY1444},
  journal = {Oltin bitiklar – Golden Scripts},
  year    = {2020},
  volume  = {3},
  number  = {3}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Rahmatov, Mardon
TI  - O‘zbek tili sintaksisi rivojida chun bog‘lovchisining o‘rni: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.3/PAGY1444
JO  - Oltin bitiklar – Golden Scripts
PY  - 2020
VL  - 3
IS  - 3
ER  -