Oltin bitiklar – Golden Scripts Том 4 № 4 (2020)
Temuriylar davridagi aruzga doir turkiy risolalarda bahrlar va vaznlar tavsifi: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.4/BOUB2835
Yusupova, Dilnavoz
Аннотация
Maqolada temuriylar davrida turkiy aruzning shakllanishi va taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan risolalar: Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a”, Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” va Zahiriddin Muhammad Boburning “Aruz risolasi”da keltirilgan bahr va vazn masalalari tahlil qilingan. Mumtoz poetikaga doir ilk turkiy risola hisoblangan “Funun ul-balog‘a” asarida bahrlar tasnifi va tavsifi o‘ziga xos yo‘nalishda amalga oshirilganligi ta'kidlanadi, muallif bahrlarning tarkibiy xususiyatlariga ko‘ra ularni ikki guruhga ajratib tasnif qilganligiga diqqat qaratiladi. Shuningdek, risolada 40ta bahr nazariy jihatdan tahlil etilganligi, ushbu bahrlardan 20tasi Shayx Ahmad Taroziygacha yaratilgan risolalarda mavjud bo‘lmaganligi, ularni muallifning o‘zi kashf qilganligi bilan bog‘liq ma'lumotlar ham keltiriladi. Maqolada Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarida 19 bahr va u bilan bog‘liq holda 160ga yaqin vazn haqida ma'lumot berilganligi, Zahiriddin Muhammad Boburning “Aruz risolasi”da esa Navoiyning asariga qo‘shimcha ravishda yana ikki bahr: Ariz va Amiq bahrlari ham alohida tavsiflanganligi, jami “Aruz risolasi”da 21 bahr, 537 vazn keltirilganligi aytib o‘tiladi. Tahlil asnosida maqola muallifi turkiy aruzshunoslik temuriylar davrida o‘zining yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilgan degan xulosaga keladi.
aruzbahrvazntaqti'doiramusammanmusaddas
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.