Oltin bitiklar – Golden Scripts Том 4 № 4 (2020)
Temuriy mirzolarning adabiy shaxsiyatini o‘rganishda manbalarning o‘rni: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.4/HQUO5821
Jo‘raboyev, Otabek
Аннотация
Adabiy shaxsiyat tushunchasi har kishiga xos bo‘lgan shaxsiyatdan farq qilib, adabiy va madaniy birikimdagi ijodkorning borlig‘ini ifoda etadi. Shu ma’noda, XV asr hukmdorlari va ayni damda madaniy auradagi yetakchilar bo‘lgan temuriy mirzolar o‘z davrining adabiyot ahli yoki adabiyot namoyondalari sifatida manbalarda zikr etiladi. Bu borada Alisher Navoiyning “Majolis-un-nafois”, Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat-ush-shuaro”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Vaqoye’” (“Boburnoma”), G‘iyosiddin Xondamirning “Habib-us-siyar”, Muhammad Haydar mirzoning “Tarixi Rashidiy”, Faxriy Hiraviyning “Ravzat-ussalotin”, Zayniddin Vosifiyning “Badoe’-ul-vaqoe’”, Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkir-ul-as’hob” asarlarini sanash mumkin.Tarixda she’r yozgan yoki boshqa ijod turi bilan shug‘ullangan hukmdorlar ko‘p o‘tgan. Biroq bir shajaradan so‘z san’atiga hissa qo‘shgan butun boshli avlodning yetishib chiqishi kamyob hodisa. Bu borada temuriyzodalarning adabiyot bilan shug‘ullanganlari, badiiy ijodni san’at darajasida qadrlanganlari isbottalab voqelik emas. Temuriy mirzolarning adabiy shaxsiyatlari yuqorida ta’kidlangan manbalarda qay darajada zikr etilgan, ularga baho berishda mualliflarning yondashuvi va tamoyillari qanday edi? Mana shu kabi savollarga javob izlash ushbu maqolada maqsad qilib olingan. Maqolada temuriy mirzolarning turkiy til va adabiyot rivojiga qo‘shgan hissalari Alisher Navoiyning “Majolis-un-nafois” asaridan olingan parchalar yordamida izohlangan. Shuningdek, mazkur manbalardagi Shohrux mirzo, Xalil Sulton, Muhammad Mo‘min mirzo, Shoh G‘arib mirzo va Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi qarashlar o‘zaro qiyoslanib, tavsifiy va tavsiliy tadqiq etilgan.
Temuriylaradabiy shaxsiyatmanbamatndevontazkirashoir
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.