Oltin bitiklar – Golden Scripts Volume 4 Issue 4 (2020)
Turkiy yozma yodgorliklar tilida ot-kesim va uning ifodalanishi: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.4/OGEW6075
SODIQOV, Qosimjon
Abstract
Kesimning аn’anaviy grammatikada ot-kesim deb yuritilayotgan turi nisbiydir. Chunki ot-kesimli gaplarning kesimi ot, sifat, son, olmosh singari so‘zlar bilangina shakllanmaydi. Ularda biz kesim deb sanayotgan ism guruhidagi so‘zlardan keyin mantiqan ta’kidni bildiruvchi turur~durur (hozirgi o‘zbek tilida -dir) bog‘lamasi turadi. Ot-kesimli gaplarning hammasida ham kesim o‘rnida mantiqan bog‘lama talab etiladi va bundayin “оt-kesim”li gaplarning kesimi fe’lga qaytaveradi. Ular ot-kesim bo‘lgani bilan, gap qurilishida har qachon ham mantiqan fe’lga zarurat tug‘iladi.Gapda fe’ldan boshqa so‘zlarning kesim bo‘lib kela olishini nutq va matn tuzish amaliyotidagi yuz yillar davomida kechgan tarixiy-lingvistik takomil natijasi, desa bo‘ladi. Maqolada yozma yodgorliklar misolida otkesimli gaplar va ularning yuzaga kelish omillari to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
turkiy yozma yodgorliklareski turkiy tilkisimfe’lkesimot-kesimbog‘lama
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.