Oltin bitiklar – Golden Scripts Том 4 № 4 (2020)
“Rashahot aynu-l-hayot” asarining Turkiya fondlaridagi nusxalari ilmiy tavsifi va tekstologik tadqiqi: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.4/DYLC8600
Umurzoqov, Bahriddin
Аннотация
Ushbu maqola XVI asrda yashab, o‘zidan boy ilmiy meros qoldirgan yetuk manoqibnavis va tazkiranavis olim Faxruddin Aliy Safiy ibn Husayn Voiz Koshifiy Hiraviy (1463 – 1533) qalamiga mansub “Rashahot aynu-lhayot” (Hayot bulog‘i tomchilari) asari nodir qo‘lyozma nusxalari tavsifi va tadqiqiga bag‘ishlangan. “Rashahot” asarining eng qadimiy va bexato kitobat qilingan nusxasi qayerda saqlanadi? Nima uchun asarning tanqidiy matni bilan yangi topilgan muallif dastxati nusxasi orasida ulkan tafovut, farqlar mavjud? Mazkur asarning yangi tanqidiy matni yoki qiyosiy-yig‘ma matnini tuzish qanchalik muhim? Bir asarning turli xil diyorlarda ko‘chirilgan matnlarida nima sababdan farqlar kuzatiladi? Maqolada ana shu xususlarda so‘z boradi. Shuningdek, maqolada "Rashahot"ning Turkiya fondlarida mavjud nodir nusxalari, ularning soni, tavsiflari va Toshkentdagi nodir nusxasi bilan qiyosiy-tekstologik tadqiqi misollar asosida yoritilgan.
Rashahot aynu-l-hayotmanoqibtavsifmuallif dastxati nusxasi
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.