Oltin bitiklar – Golden Scripts 4-том 4-нөмір (2020)
“Iskandarnoma”larning nasriy manbalari xususida: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.4/ZVGM5905
Tojiboyeva, Ozoda
Аңдатпа
Maqolada Sharq va G‘arb adabiyotida eng ko‘p ishlangan obrazlardan biri – Iskandar obrazining badiiy adabiyotdagi talqinlariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni va uning XVII – XIX asrlar yozma va og‘zaki adabiyotga ko‘rsatgan ta’siri ko‘rib chiqilgan. “Iskandarnoma” nomidagi nasriy talqinlar, tarjima asarlar va xalq og‘zaki ijodi uslubida yaratilgan mustaqil qissalar birlamchi manbalar misolida tahlilga tortilgan. Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni va uning “Iskandarnoma” nomli nasriy bayoni, forsiy tildan qilingan tarjima, o‘zbek tilida yaratilgan mustaqil qissa “Iskandarnoma”lar alohida xususiyatlariga ko‘ra tavsiflanib, ta’riflangan. Dunyo adabiyotida talqin etib kelinadigan bahstalab o‘rinlar, lavhalardagi fikrlarga munosabat bildirilgan. “Shohnomayi turkiy”ning o‘zbek tilidagi “Iskandarnoma”lar yaratilishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgani sujetlar asosida qiyosiy tahlil qilingan.
dostonnasrnazmfolklorqissatarjimakitobxondavr
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.