Oltin bitiklar – Golden Scripts Volume 3 Issue 3 (2021)
Muslihabegim Miskin – XIX asr Buxoro adabiy muhitining iste’dodli zullisonayn shoirasi: DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.3/OUDO2399
Eshonqulov, Husniddin, Sodiqova, Dilorom
Abstract
Maqolada asrlar davomida shakllangan e’tiqodiy qarashlarimizga tayanib, o‘zbek va tojik tillarida o‘zining ilohiy-irfoniy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-ta’limiy mavzulardagi nazmiy va nasriy asarlarini bitgan iste’dodli sohibdevon shoira Muslihabegim Miskin haqida so‘z yuritiladi. XIX asr Buxoro adabiy muhitida bunday zullisonayn shoiraning uchrashi noyob adabiy-estetik hodisadir. U islomiy e’tiqod asosida tarbiya topib, badiiy ijodga ham shu ruhda yondashgan. Shoiraning hayoti va ijodiy faoliyati o‘tgan asr adabiyotshunoslari tomonidan deyarli o‘rganilmagan. Muslihabegim lirik turning g‘azal, mustazod, muxammas, musaddas, mustasne’, muashshar, ruboiy, soqiynoma, fard singari janrlarda ijod etish bilan birga qatorda she’riy va nasriy hikoyalar ham yozgan. Shoiraning bir-biridan keskin farqlanmaydigan uchta devoni bizgacha yetib kelgan. Ular qiyosiy o‘rganilganda, ushbu devonlarda Muslihabegim Miskinning o‘n ming misradan ortiq she’riy merosi mavjudligi kuzatiladi. Maqolada shoira hayoti va ijodining o‘rganilishi tarixi haqida muayyan ma’lumotlar berilgan. She’rlarini tahlil qilish asnosida shoira hayoti va ijodiy faoliyatining ayrim qirralari yoritilgan, uning iste’dodli zullisonayn shoira ekanligi she’riyati misolida asoslab berilgan.
Muslihabegim Miskin, Abdulvohid, XIX asr Buxoro adabiy muhiti, zullisonayn shoira, devon, hasbi hol, lirik janrlar, she’riy va nasriy hikoyat.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.